Engin Özdemir (1968-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. U „Gençlerbirliği“da oʻynagani bilan tanilgan. U, shuningdek, Youtuber CaniSportsning otasi[1].

Engin Özdemir
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Engin Özdemir
Tavallud sanasi 1-oktyabr 1968-yil (1968-10-01) (55 yosh)
Tavallud joyi Sivas, Turkiya
Boʻyi 5 ft 7.7 in (1.72 m)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978—1987 SV 07 Raunheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987—1988 Mainz 05 6 (0)
1988—1992 Türkgücü München 67 (12)
1992—1996 Gençlerbirliği 109 (25)
1996—2001 İstanbulspor 73 (6)
1998—2000Adanaspor (Ijara) 20 (3)
2001Diyarbakırspor (Ijara) 14 (6)
2001 Gençlerbirliği 2 (0)
2002—2003 Antalyaspor 18 (2)
Milliy terma jamoa
1984—1985 Turkiya U16 4 (0)
1996 Turkiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klub tahrir

Özdemir 10 yoshida SV 07 Raunheimda oʻynashni boshlagan, 9 yildan keyin oʻsha paytda Oberliga Südwestda oʻynagan „Mainz 05“ga qoʻshilgan[2]. Ikki yillik faoliyati davomida u barcha musobaqalarda 23 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. „Mainz“ning 2-Bundesliga koʻtarilishiga yordam bergan[3].


Oʻzdemir 1995-yilda UEFA Intertoto kubogida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Ammo „Gençlerbirliği“ oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egallagan va shu sababli guruhdan keyingi bosqichga chiqishnni uddasidan chiqa olmagan. Istanbulspor bilan 1997-yilgi Intertoto kubogida 6 marta oʻynagan va 1 ta gol urgan[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

Özdemir Turkiya terma jamoasi safida debyutini 1996-yilning 9-aprelida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va Turkiya 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 1-may kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida yana maydonga tushgan va Turkiya 3:2 hisobida gʻalaba qozongan[5].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Özdemir 2009-yilning iyulidan 2009-yilning dekabrigacha SV Dersim Ruesselsheim jamoasining oʻyinchi-murabbiyi boʻlgan[6][7]. 2010-yildan 2012-yil dekabrigacha u FV Biebrich jamoasida futbolchi-murabbiy boʻlgan[8][7][9].

2013-yildan 2014-yilgacha u TSG 1846 Mainz-Kastel yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan[10][11][12]. Oʻzdemir 2015-yilning oktyabridan 2016-yilning avgustigacha „Yeni Malatyaspor“ yoshlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan, 2017-yilning mayigacha esa kattalar jamoasining yordamchi murabbiyi boʻlgan. U 2018-yil avgustidan 2019-yilning mayigacha „Eskishehirspor“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan[13]. 2021-yil yanvar oyida u TFF 3 da boʻlgan „Chatalcaspor“ klubini boshqargan[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Mainz 05 1987–88 Oberliga 6 0 2 0 8 0
1998–89 2. Bundesliga 0 0 0 0
Türkgücü München Landesliga ? ? ? ?
1989–90 ? ? ? ?
1990–91 ? ? ? ?
1991–92 ? ? ? ?
1992–93 12 11 12 11
Gençlerbirliği 1992–93[15] 1. Lig 16 1 16 1
1993–94 29 4 29 4
1994–95 33 10 1 0 34 10
1995–96 31 10 3 1 4 5 38 16
İstanbulspor 1996–97 28 2 1 1 29 3
1997–98 27 2 3 0 6 1 36 3
1998–99 6 0 6 0
Adanaspor 2 0 0 0 2 0
İstanbulspor 1999–2000 5 1 5 1
Adanaspor 18 3 1 0 19 3
İstanbulspor 2000–01 7 1 1 1 8 2
Diyarbakırspor 2000–01 2. Lig 14 6 14 6
Gençlerbirliği 2001–02 Süper Lig 2 0 2 0
Antalyaspor 2001–02 8 1 8 1
Antalyaspor 2001-01 1. Lig 10 1 10 1
Karyerada jami 236 42 10 3 10 6 268 62

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 1996 2 0
Jami 2 0

Manbalar tahrir

  1. 100K SUBS FATHER REVEAL! - 1v1, CROSSBAR CHALLENGE, PENALTIES & MORE! (inglizcha), qaraldi: 2019-11-26
  2. Güngör. „Röportaj: Engin Özdemir“ (fransuzcha). Blog von Erdal Güngör. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  3. „FSV 05.de - Online-Archiv des 1. FSV Mainz 05“. fsv05.de. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  4. „Turkish Soccer – UEFA Cups“. angelfire.com. Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  5. „ENGİN ÖZDEMİR – Player Details TFF“. tff.org. Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  6. „Wenn der Favorit kommt . . .“ (olmoncha). fnp.de (22-avgust 2015-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  7. 7,0 7,1 „Engin Özdemir“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  8. „Blue Boyz und Girlz FV Biebrich 02“. fvb02.de. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil. [sayt ishlamaydi]
  9. „Blue Boyz und Girlz FV Biebrich 02“. fvb02.de. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil. [sayt ishlamaydi]
  10. „Engin Özdemi“. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  11. Heggemann. „C-Jugend auch im Topspiel erfolgreich“ (de-DE). TSG 1846 e.V. Mainz-Kastel (16-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  12. „TSG Kastel - TUS Nordenstadt - Spannung nur in der ersten Spielhälfte“ (de-DE). TSG 1846 e.V. Mainz-Kastel (10-mart 2014-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
  13. „ENGİN ÖZDEMİR – Coach Details TFF“. tff.org. Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  14. „Çatalcaspor'da Engin Özdemir dönemi| Silivri Hürhaber“ (inglizcha). www.silivrihurhaber.com. Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  15. „Turkey – E. Özdemir – Profile with news, career statistics and history – Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.