Entomofobiya
Entomofobiya — bu bir yoki bir nechta hasharotlar sinfidan haddan tashqari qoʻrqish yoki haqiqiy boʻlmagan qoʻrquv bilan tavsiflangan va DSM-5 tomonidan fobiya sifatida taqdim etilgan oʻziga xos fobiya turi hisoblanadi[1]. Aniqroq holatlarga katsaridafobiya (tarakanlardan qoʻrqish), melissofobiya (asalarilardan qoʻrqish), mirmekofobiya (chumolilardan qoʻrqish ) va lepidofobiya (kuya va kapalaklardan qoʻrqish) kabi fobiya turlari kiradi. Psixologik tdqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qoʻshma Shtatlar aholisining 6 foizini bu fobiya bilan ogʻrigan insonlar tashkil etadi[2].
Kelib chiqishi
tahrirEntomofobiya yoshlikdagi yoki umuman hayoti davomidagi hasharot(lar) bilan sodir boʻlgan travmatik tajribadan keyin rivojlanishi mumkin. Bu fobiya tez yoki aksincha umuman rivojlanmay qolishi mumkin va hayvonlarga nisbatan boʻladigan fobiyalar orasida keng tarqalgani hisoblanadi. Odatda bir kishi hasharotlarning oʻziga xos turidangina qoʻrqadi, lekin baʼzi hollarda bu qoʻrquv barcha hasharotlar ehtimol, boʻgʻimoyoqlilarining hamma turlariga nisbatan qoʻrquvni oʻzida aks ettirishi ham mumkin.
Alomatlar
tahrirEntomofobiya bilan ogʻrigan odamda quyidagi alomatlar namoyon boʻlishi mumkin:
- Qoʻrquv hissi
- Xavotir
- Qaltirash
- Vahima
- Yurakning tez urishi
- Nafas qisilishi
- Puls tezligining keskin oshishi
- Koʻngil aynishi
- Yigʻlash
Davolash usullari
tahrirEntomofobiya bemordagi ayrim xatti-harakatlarning oʻzgarishiga olib keladi, jumladan, entomofobiya bilan ogʻrigan odam hasharotlarning oʻziga xos turiga duch kelishi mumkin boʻlgan holatlardan uzoqroq boʻlishga harakat qiladi. Kognitiv xulq-atvor terapiyasi ushbu fobiya turini davolashning samarali usuli hisoblanadi[1].
Ongostiga taʼsir qilish terapiyasi hashorotlardan qoʻrqadigan odamlar uchun samarali davolash usuli ekanligi isbotlangan. Odamlar oʻzlarini qulay ochiq muhitda, masalan, park yoki bogʻda sayr qilishlari va uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan hasharotlarga yaqinlashishi tavsiya etiladi.
Hashoratlarni kamera yoki smartfon suratga olish ham samarli usullardan biri ekanligi isbotlangan; chunki hasharotlarni masofadan turib (ekran orqali) koʻrish ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Vaqt oʻtishi bilan odamlar yaxshiroq suratga olish uchun hasharotlarga yaqinlashishlari mumkin.
Bu jarayonni shoshmaslik kerak, odamlar oʻzlarini qulay his qilishlari, hasharotlarni yaqindan tomosha qilishni oʻrganishlari uchun koʻp vaqt ketishi mumkin.
Hashoratllar haqida oʻrganish, shuningdek, ularning ekologiyasini tushunishga yordam beradi, natijada qoʻrquvning nooʻrin ekanligini asoslaydi.
Bolaning hasharotlarga nisbatan boʻlgan qoʻrquvini yengishda tavsiya etilgan usullardan yana biri qoʻrquvga qarshi turishni oʻrgatishdir (oʻziga xos fobiyalarni davolashda umumiy yondashuv), biroq hasharot turiga koʻra davolash dasturlari turlicha boʻlishi ham mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 McCabe, Randi E.. Phobias: The Psychology of Irrational Fear: The Psychology of Irrational Fear Milosevic: . ABC-CLIO, 2015 — 125–27-bet. ISBN 9781610695763.
- ↑ Lockwood, Jeffrey. The Infested Mind: Why Humans Fear, Loathe, and Love Insects. Oxford UP, 2013-09-25 — 110–-bet. ISBN 9780199374939. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.