Epidural gematoma
Epidural gematoma – miyani qoplaydigan qattiq tashqi membrana va bosh suyagi oʻrtasida qon ketish sodir boʻlganda kuzatiladi[4]. Umurtqa pogʻonasida kuzatiladigan bu kasallik, orqa miya epidural gematomasi deb nomlanadi[4].
Epidural gematoma | |
---|---|
Epidural gematoma, kompyuter tomografiyasida ko‘rinib turganidek, bosh suyagi singan. Ikki qavariq shakldagi qon to‘plamiga e’tibor bering. Bosh miyaning qarama-qarshi tomonida qon ketish bilan birga ko‘karishlar ham kuzatiladi. | |
Mutaxassislik | Neyroxirurgiya, Nevrologiya |
Boshlanish vaqti | Tezkor[1] |
Sabablari | Bosh jarohati, koagulopatiya |
Tashxis usullari | Tibbiy tasvirlash (MSKT[2]) |
Differensial tashxis | Subdural gematoma, miyaga qon quyilishi, bosh miya jarohati[2], tutqanoq, bosh miya ichi abssessi, miya o‘smasi[3] |
Davolash | Jarrohlik (kraniotomiya, boshda teshik ochish)[2] |
Kasallik vaqtida bosh jarohatlanishi tufayli qisqa vaqtda xotirani yoʻqotish, birozdan keyin xotirani tiklanishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin[1]. Boshqa alomatlar qatoriga bosh ogʻrigʻi, qusish va tana aʼzolarini harakatlantira olmaslik (falajlik) kiradi[2]. Ushbu kasallik asoratlari orasida xuruj boʻlishi ham mumkin[2].
Epidural gematomaning asosiy sababi chakka suyagining sinishi, o‘rta miya arteriyasidan qon ketishiga olib keladigan bosh shikastlanishlari hisoblanadi[4]. Baʼzida kasallik koagulopatiya (qon ketishining buzilishi) yoki qon tomirlar anomaliyasi natijasida paydo boʻladi[2]. Tashxis kompyuter tomografiyasi yoki magnetik rezonans tomografiya yordamida qoʻyiladi[2].
Davolash shoshilinch jarrohlik yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bu jarrohlik yoʻllariga kraniotomiya (bosh suyagini olib tashlash) va trepanatsiya (bosh suyagida teshik ochish) operatsiyalari misol boʻlishi mumkin[2].
Belgilari
tahrirMiyada qon toʻplanib borgani sari, u bosh miya ichidagi tuzilmalarni siqishni boshlaydi, bu esa jarohatlangan tomondagi bosh miya uchinchi nerviga taʼsir qilib, koʻz qorachigʻining qotib qolishi va kengayishiga olib keladi[5].
Kasallikning boshqa alomatlariga kuchli bosh ogʻrigʻi, kesishgan piramida yoʻllarining siqilishi tufayli jarohatning qarama-qarshi tomonida qoʻl-oyoqlar harakatini qiyinlashishi va orqa miya arteriyasining siqilishi tufayli qarama-qarshi tomondagi nervlarga ta'sir qilib, koʻrish qobiliyatini yoʻqotishga olib keladi. Kamdan-kam hollarda kichik gematomalar simptomsiz kechishi mumkin[3].
Agar epidural gematomalar oʻz vaqtida davolanmasa bodomsimon bez churrasiga olib keladi. Bu nafas olishning toʻxtashiga sabab boʻladi. Jarayonning soʻnggi bosqichlarida miya koʻprigi siqilganda uch shoxli nerv ham zararlanishi mumkin, biroq bu muhim belgi hisoblanmaydi, chunki bu paytga kelib bemor allaqachon vafot etgan boʻlishi mumkin[6]. Orqa miya chuqurchasidagi epidural gematoma holatida bodomsimon bez churrasi Kushing triadasi (gipertoniya, bradikardiya va notoʻgʻri nafas olish) ni keltirib chiqaradi.
Sabablari
tahrirBosh miya ichi epidural gematomasining eng keng tarqalgan sababi bosh jarohati hisoblanib, toʻsatdan qon ketishi mumkin. Epidural gematomalar bosh miya jarohatlarining taxminan 10 foizida, asosan, avtohalokatlar yoki yiqilishlar tufayli yuzaga keladi[3]. Ular koʻpincha turli travma va tashqi kuchlar tufayli kelib chiqadi[7][8].
Epidural gematoma odatda boshning yon tomoniga (chakka suyagiga) zarba berish natijasida yuzaga keladi. Epidural gematomaning 20-30 foizi chakka suyagi sohasidan tashqarida uchraydi[9]. Kasallik odatda miyaning zarba taʼsir qilgan tomonida yuzaga keladi, ammo juda kam hollarda u kontrekupatsiya jarohati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[10].
Issiqlik gematomasi – bu kuchli termik kuyish natijasida yuzaga keladigan epidural gematoma boʻlib, u qattiq pardaning qisqarishi va qattiq pardani bosh suyagidan ajralishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida venoz qon-tomirlardan qon chiqishiga sabab boʻladi[11]. Gematoma issiqlikda qon ivishi tufayli autopsiyada qizil rangli yoki kompyuter tomografiyasida rentgen nurlari kabi koʻrinadi[11].
Patofiziologiyasi
tahrirChakka suyagining sinishi oʻrta miya arteriyasidan qon ketishiga olib keladi[4]. Shuning uchun epidural gematomada qon ketish juda tez sodir boʻladi, chunki arteriyalar yuqori bosim bilan oqadi. Juda kam hollarda epidural gematoma qon-tomirlardan kelib chiqadi. Gematomalar 10% hollarda venalardan kelib chiqadi va odatdagi gematomalarga qaraganda sekinroq rivojlanadi[12]. Venoz gematomada oʻtkir davr (zararlanishdan keyin bir kun ichida paydo boʻladi va laxtaksiz qonning girdobli massasi koʻrinishida paydo boʻladi), subakut davr (2-4 kundan keyin paydo boʻladi va qattiq koʻrinishga ega) yoki surunkali davrlar (7-20 kundan keyin paydo boʻladi va aralash yoki yorqin koʻrinishga ega) kuzatiladi[3].
Kattalarda chakka sohasidagi gematomalar 75% ni tashkil qiladi. Bolalarda esa ular xuddi shunday koʻrsatkich bilan ensa, peshona va orqa miya sohalarida uchraydi[3]. Arteriyalardan epidural qon ketishlar shikastlanishdan 6-8 soat oʻtgach, eng yuqori oʻlchamga yetguncha oʻsib borishi mumkin. Bu esa qonning 25-75 kub santimetrini bosh suyagi ichiga toʻkadi[7]. Gematoma kengayishi bilan u qattiq pardani bosh suyagining ichki qismidan olib tashlaydi va kuchli bosh ogʻrigʻini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, gematomaning yiriklashishi miya bosimini oshiradi, miyaning siljishiga, qon taʼminotini yoʻqotishiga, bosh suyagining ezilishiga yoki churra paydo boʻlishiga olib keladi. Katta gematomalar organizmga koʻproq zarar yetkazadi. Epidural gematomada qon ketishlar tezda miya oʻzagini siqib qoʻyishi mumkin, natijada koʻz qorachigʻining yorugʻlikka nisbatan gʻayritabiiy javobi kelib chiqadi[13].
Tashxisi
tahrirTashxis odatda kompyuter tomografiyasi yoki magnetik rezonans tomografiya yordamida qoʻyiladi[2]. Agar epidural gematomaga yuqori shubha qilinayotgan boʻlsa manfiy kompyuter tomografiyasi tekshiruvi oʻtgazilishi kerak[3]. Differensial tashxislarga bosh ichidagi oʻsma yoki miya abssessi kiradi[3].
Tekshirilganda epidural gematomalar doʻmboq shaklda koʻrinadi, chunki ularning kengayishi qattiq parda bosh suyagiga mahkam yopishgan choklarda toʻxtaydi. Shunday qilib, ular subdural gematomada sodir boʻlganidek, bosh suyagining ichki qismi boʻylab emas, balki miya tomon kengayadi. Natijada koʻpchilik odamlarda bosh suyagining sinishi ham kuzatiladi[3].
Epidural gematomalar subdural gematomalar bilan birgalikda yoki yakka holda paydo boʻlishi mumkin[12]. Kompyuter tomografiyasida 20% hushsiz odamlarda subdural yoki epidural gematomalar aniqlanadi[14]. Epidural gematoma alomatida odamlar es-hushini tiklashi va qulay oraliq deb ataladigan davrda butunlay normal koʻrinishi mumkin. Faqat keyinchalik toʻsatdan va tezda hushsiz holatga tushib qolishi ham mumkin. Shikastlanish darajasiga bogʻliq boʻlgan bu tiniq interval epidural gematoma tashxisining kaliti hisoblanadi[3].
-
Yosh ayollarda jarohatsiz epidural gematoma. Yuqori oʻng tomondagi kulrang soha gematoma hosil qilib, qorincha oʻrta chizigʻi siljishi va siqilishiga sabab boʻladi.
-
Oʻng peshona-chakka sohasidagi jarohat oʻtkir gematomaning kontrastsiz MSKT.
-
Epidural gematoma tasvirlangan diagramma.
Davolash usullari
tahrirEpidural gematoma – bu xirurgik shoshilinch holat hisoblanadi. Operatsiyaning kechikishi miyaning doimiy shikastlanishi yoki oʻlimga olib kelishi mumkin. Jarrohlik aralashuvisiz, odatda, gematomaning kattalashishi tufayli oʻlim kuzatiladi. Bu esa miya yiringlashiga sabab boʻladi[3]. Boshqa turdagi bosh miya gematomalari singari, miyaga bosimni kamaytirish uchun deyarli har doim qonni jarrohlik yoʻli bilan miyadan olib tashlash kerak[8]. Gematoma trepanatsiya yoki kraniotomiya orqali olib tashlanadi. Agar operatsiyani neyrojarrohlik bilan bogʻliq muassasada oʻtkazish imkoni boʻlmasa, shoshilinch yordam boʻlimida uzoq muddatli trepanatsiya (bosh suyagida teshik ochish) orqali amalga oshirilishi mumkin[15]. Yirik gematomalar va qon laxtasi ochiq kraniotomiyani talab qiladi[16].
Operatsiyadan keyin bemorga turli dori-darmonlar beriladi. Ular xurujlarga qarshi dorilar, miya shishi va ichki bosimni kamaytirish uchun giperosmotik vositalarni oʻz ichiga olgan dorilar boʻlishi mumkin[16].
Ushbu kasallik jarrohlik aralashuvini talab qilmaslik holatlari juda kam uchraydi. Agar epidural gematomaning hajmi 30 ml dan kam, tromb diametri 15 mm dan kam, Glazgo koma shkalasi 8 dan yuqori va koʻzga koʻrinadigan nevrologik alomatlar boʻlmasa, uni konservativ davolash mumkin. Kompyuter tomografiyasi oʻtkazilishi sababi gematoma toʻsatdan kengayishi mumkin. Shu bois ehtiyotkorlik bilan kuzatib borish lozim[3].
Prognozi
tahrirOperatsiyadan oldin gematomada 50 ml dan ortiq qon boʻlsa, natijalar yomonlashadi. Shuningdek, bemorning yoshi, koʻz qorachigʻidagi anomaliyalar va Glazgo koma shkalasi boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga kelganda olingan ballar ham prognozga taʼsir koʻrsatadi. Bosh miya shikastlanishining aksariyat shakllaridan farqli ravishda, epidural gematoma va Glazgo koma bali 15 (eng yuqori ball, eng yaxshi prognozni koʻrsatadi) boʻlgan bemorlar tezda operatsiya qilinsa yaxshi natijaga ega boʻladilar[3].
Kasallik epidemiologiyasi
tahrirBosh jarohatlarining taxminan 2 foizi va oʻlimga olib keladigan bosh jarohatlarining 15 foizi epidural gematoma bilan bogʻliq boʻladi. Bu holat yoshi katta odamlarga qaraganda oʻsmirlar va yoshlarda koʻproq uchraydi. Chunki odam yoshi ulgʻaygan sari qattiq parda bosh suyagiga koʻproq yopishadi va gematoma paydo boʻlish ehtimolini kamaytiradi. Epidural gematoma bilan erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq zararlanadilar[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Pooler, Charlotte. Porth Pathophysiology: Concepts of Altered Health States. Lippincott Williams & Wilkins, 2009 — 1256-bet. ISBN 9781605477817.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Ferri, Fred F.. Ferri's Clinical Advisor 2017 E-Book: 5 Books in 1. Elsevier Health Sciences, 2016 — 441-bet. ISBN 9780323448383.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 Khairat, Ali; Waseem, Muhammad (2018), „Epidural Hematoma“, StatPearls, StatPearls Publishing, PMID 30085524, qaraldi: 2019-02-13
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Pryse-Phillips, William. Companion to Clinical Neurology. Oxford University Press, 2009 — 335-bet. ISBN 9780199710041. „Epidural hemorrhage (epidural hematoma, extradural hemorrhage, or hematoma) Bleeding outside the outermost layer of the dural mater, which is thus stripped away from the inner table of the skull or spinal canal.“
- ↑ Epidural Hematoma in Emergency Medicine at Medscape. Author: Daniel D Price. Updated: Nov 3, 2010
- ↑ Wagner AL. 2006. „Subdural Hematoma.“ Emedicine.com. Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ 7,0 7,1 University of Vermont College of Medicine. „Neuropathology: Trauma to the CNS.“, March 2005, Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ 8,0 8,1 McCaffrey P. 2001. „The Neuroscience on the Web Series: CMSD 336 Neuropathologies of Language and Cognition.“ (Wayback Machine saytida 2007-04-06 sanasida arxivlangan) California State University, Chico. Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ Graham DI and Gennareli TA. Chapter 5, „Pathology of Brain Damage After Head Injury“ Cooper P and Golfinos G. 2000. Head Injury, 4th Ed. Morgan Hill, New York.
- ↑ "Contre-coup extradural haematoma: A short report". Neurology India 49 (94): 94–5. 2001. PMID 11303253. http://www.neurologyindia.com/article.asp?issn=0028-3886;year=2001;volume=49;issue=1;spage=94;epage=5;aulast=Mishra. Qaraldi: 2008-01-24.Epidural gematoma]]
- ↑ 11,0 11,1 Kawasumi, Y.; Usui, A.; Hosokai, Y.; Sato, M.; Funayama, M. (2013). "Heat haematoma: Post-mortem computed tomography findings". Clinical Radiology 68 (2): e95–e97. doi:10.1016/j.crad.2012.10.019. ISSN 0009-9260. PMID 23219455.
- ↑ 12,0 12,1 Shepherd S. 2004. „Head Trauma.“ Emedicine.com. Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ Singh J and Stock A. 2006. „Head Trauma.“ Emedicine.com. Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ Downie A. 2001. „Tutorial: CT in Head Trauma“ (Wayback Machine saytida November 6, 2005, sanasida arxivlangan). Retrieved on February 6, 2007.
- ↑ "Emergency department skull trephination for epidural hematoma in patients who are awake but deteriorate rapidly". J Emerg Med 39 (3): 377–83. 2010. doi:10.1016/j.jemermed.2009.04.062. PMID 19535215.
- ↑ 16,0 16,1 „Epidural hematoma: MedlinePlus Medical Encyclopedia“ (en). medlineplus.gov. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.