Arteriyalar (yun. arteria – havo kanali) – yurak va aortaaan chiqib, 651oʻpka alveolalarida kislorodga boy-igan qonni barcha a’zo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan soʻng vena tomirlariga oʻtib ketadi. Shu sababli Gippokrat ar-teriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qat’i nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomi-ri boʻladi. Yurakdan chiqib oʻpkaga bora-digan tomir (tarkibida vena qoni bor) – oʻpka arteriyasi bundan mustas-no. A. devori uch qavat (ichki – endoteliy, oʻrta – muskul, tashqi – parda)dan iborat. Katta diametrli A. devorida elastik toʻqima koʻp boʻladi. A. juda koʻp marta oʻzaro qoʻshilib arteriya toʻri va anasto-mozlar hosil qiladi. Boʻlar arteriya jarohatlanganda oʻrinbosar vazifasini bajaradi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil