Epik turning oʻziga xos xususiyatlari haqida gap borganda, avvalo, uning voqeabandlik xususiyati tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda boʻlayotgan voqea-hodisalar tasvirlanadi, oddiygina soʻz vositasida oʻquvchi koʻz oʻngida jonlanadigan toʻlaqonli badiiy voqelik yaratiladi. Oʻquvchi koʻz oʻngida reallikka oʻxshash, oʻzining tashqi koʻrinishi va shakli bilan jonlana olgani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni „plastik“ tasvirlangan deb yuritiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda „noplastik“ elementlar ham uchraydi. Ushbu elementlar muallif obrazini umumiy tasavvur qilishda qoʻl keladi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning oʻy-fikrlari, mushohadalari, ichki kechinmalari, tasviriy predmetga hissiy munosabatlari tushuniladi. Aytilganidek, noplastik elementlar plastik elementlardan farq qilib, oʻquvchi koʻz oʻngida jonlanmaydi. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yoʻlda yoziladi lekin nasriy yoʻlda yozilgan lirik asarlardan tubdan farq qiladi. Demak, asarning nasriy yoʻlda yozilganligi uning epik turga kirishiga asos boʻla olmaydi.

Epik asarda voqea- hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs „Roviy“ yoki „Hikoyachi“ deb yuritiladi. Epik asarda voqealar birinchi shaxs tilidan yoki uchinchi shaxs (muallif) tilidan ham aytilishi mumkin. Masalan, X.Toʻxtaboyevning „Sariq devni minib“, E.Aʼzamovning „Otoyining tugʻilgan yili“, Gʻafur Gʻulomning „Shum bola“ yoki „Yodgor“ kabi asarlarida rivoya birinchi shaxs yaʼni voqealarda bevosita ishtirok etayotgan personaj tilidan hikoya qilinadi.

Epik shakllar

tahrir

1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;

2) oʻrta epik shakllar: qissa (povest)

3) epos, epik doston, roman, epopeya[sayt ishlamaydi][1].

Manbalar

tahrir
  1. Dilmurod Quronov. „Adabiyotshunoslikka kirish“ (o'zbekcha). n.ziyouz.com. Qaraldi: 16-dekabr 2022-yil.