Er libosli ayol

oʻzbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman

„Er libosli ayol“, toʻliq nomi „Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni“ — oʻzbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman. 2009-yil Toshkent shahrida „Dizayn-Print“ oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan „Lider-Press“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asar kiril yozuvida nashr qilingan.

Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni
Muallif(lar) Nabijon Hoshimov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „Lider-Press“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2009
Sahifalar soni 199
ISBN ISBN: 978-9943-318-14-4

Roman Husniya ismli oddiy bir qishloqlik ayolning taqdiri va boshidan kechirganlari haqida. Asarda shuningdek, Oʻzbekistonda fermerlik harakatining tarixi, qishloq taraqqiyoti va farovonligi muammolari ham oʻz ifodasini topgan. Gʻoya mualliflari – Neʼmatjon Hoshimov va Mahfuza Ergasheva.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sultonov — muharrir, Sh. Hoshimov — texnik muharrir, I. Qoʻziyev — musahhih, A. Kuramshin — dizayner, K. Nazirova — operator, Erkin Xushvaqtov — taqrizchi. Kitob adadi — 2 000 nusxa.

Manbalar

tahrir
  1. „Er libosli ayol“. Respublika yigʻma elektron katalogi. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir