Oʻzbek kirill alifbosi
O‘zbek-kirill alifbosi — 1940-yilda tasdiqlangan va undan O‘zbekistonda bugun ham foydalanilmoqda. 1993-yilning 2-sentyabrida o‘zbek-lotin yozuvi tasdiqlandi, ammo hamon kirillitsa o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.
Tarixi
tahrir1940-yilning 8-mayida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining III sessiyasida kirilllitsa grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi tasdiqlandi. U quyidagi 35 harf va 1 apostrofdan iborat edi.
А а | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё | Ж ж |
З з | И и | Й й | К к | Л л | М м | Н н | О о |
П п | Р р | С с | Т т | У у | Ф ф | Х х | Ц ц |
Ч ч | Ш ш | Ъ ъ | Ь ь | Э э | Ю ю | Я
я |
Ў
ў |
Ғ
ғ |
Қ
қ |
Ҳ
ҳ |
' |
Ushbu alifboni to‘liq joriy etishning so‘nggi muddati 1942-yilning 1-yanvari etib belgilandi. Ushbu alifbodan rus-kirill alifbosidagi Ыы va Щщ harflari o‘rin olmadi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy tovushlari hisoblanuvchi dj va ng tovushlari uchun ham alohida harflar kiritilmadi. 1956-yili o‘zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi va alifbodagi '(apostrof) belgisi chiqarib tashlandi. Uning vazifasi ъ(ayirish belgisi)ga o‘tkazildi. Mamlakatimizda mazkur kirillcha alifbo va imlodan bugungi kunda ham foydalanilmoqda.
Yana qarang
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |