„Er nega kerak?“ (shakllari: „Er nimaga kerak?“, „Er oʻzi nega kerak?“, „Erkak nimaga kerak?“) — psixolog Nargiza Sattorova tomonidan ochiq muloqot davomida aytilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlgan jumla[1][2].

Ommalashishi

tahrir

Oilaviy psixolog Nargiza Sattorova 2022-yilda ochiq muloqotlaridan birida ayolning hayotida erkakning oʻrni haqida gapirib, „Er oʻzi nimaga kerak?“ degan savolni berdi[3].

„Hozirgi zamonda ayolga himoyachi va boquvchi kerak emas. Zamonaviy ayol kishi erkakdan koʻp pul topishi mumkin. Topadiyam. Oʻzini-oʻzi himoya ham qila oladi, chunki hozirgi zamonda sherlar, ilonlar, bir narsalar yoʻq. Uy qurishim kerakmas, uylar tayyor. Pulim boʻlsa, uy olaveraman. Signalizatsiya bor, hamma narsa bor, nima muammo? Oʻtin chopish kerak emas, yer agʻdarish kerak emas, nima muammo? Mana, ayollar, savol beringlar: — Erkak nima uchun kerak?“

— Nargiza Sattorova, [4]

Tanqidi

tahrir

Ushbu ochiq muloqot eʼlon qilingach, psixologning soʻzlariga koʻra, unga bosimlar ham boʻlgan. Nargiza Sattorova, agar kimdir unga tazyiq yoki taʼsir oʻtkazishga urinsa, bunday shaxslar qonuniy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytgan[3].

Manbalar

tahrir