Erik Friberg (talaffuzi: Erik Friberg)(1986-yil 10-fevralda tugʻilgan) — Shved futbolchisi, Allsvenskandagi BK Hacken jamoasida oʻynaydi.

Erik Friberg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi John Erik Gunnar Friberg
Tavallud sanasi 10-fevral 1986-yil (1986-02-10) (38 yosh)
Tavallud joyi Lindome, Shvetsiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
BK Häcken
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2004 Västra Frölunda IF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005-2006 Västra Frölunda IF 32 (3)
2007-2010 BK Häcken 94 (5)
2011 Seattle Sounders FC 28 (1)
2012-2013 Malmö FF 51 (6)
2014-2015 Bologna 7 (0)
2015 Esbjerg fB 13 (1)
2015-2016 Seattle Sounders FC 46 (1)
2017- BK Häcken 120 (5)
Milliy terma jamoa
2012 Shvetsiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 3-aprel uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyat yillari tahrir

Friberg oʻz faoliyatini Västra Frölunda IF bilan 2007-yil yanvar oyida BK Hackenga oʻtishdan oldin boshlagan. U UEFA Yevropa Ligasidagi debyutini 2007-yilning 2-avgustida KR Reykyavikurga qarshi oʻtkazgan. Oʻyin 0:1 hisobida Xekkenning gʻalabasi bilan yakunlangan[1]. U UEFA kubogining birinchi bosqichi doirasida Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi ikkita o‘yinda 20 daqiqa maydonga tushgan[2].

Seattle Sounders FC tahrir

2010-yil 16-dekabrda Friberg Major League Soccerning Seattle Sounders klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[3]. U Sounders uchun debyutini 2011-yil MLS mavsumida Los-Anjeles Gelaksiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.

Malmö FF tahrir

2011-yil 12-dekabrda Seattle Sounders Friberg 2012-yilgi mavsum uchun Malmyo FFga oʻtishini tasdiqlagan[4]. Malmyo FF bir kun oʻtib Friberg 2014-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2012-yil 1-yanvarda transfer oynasi ochilganda u Malmyo FFga qoʻshilgan[5]. Friberg 2012-yilgi mavsum oldidan oʻynagan oʻyinlari uchun OAV tomonidan maqtovlarga sazovor boʻlgan[6]. Keyinchalik Friberg klubdagi birinchi mavsumida 30 ta oʻyindan 24 tasini asosiy tarkibda oʻtkazgan.

2013-yilgi mavsumda klub chempionligi uchun Friberg 27 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. U shuningdek, klubning 2013/14-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchun saralash bosqichidagi barcha oltita oʻyinini oʻtkazgan. Mavsum davomida Friberg butun mavsum davomida oltita zarbada oltita gol urganidan keyin janob 100 % laqabini olgan[7]. Uning mavsumdagi eng muhim goli liganing 26-turida o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida " Mjällby AIF "ga qarshi o‘yinda kiritilgan.

Boloniya tahrir

2014-yilning 30-yanvarida Friberg Italiya A seriyasining "Bolonya" klubi bilan shartnoma imzolagan[8].

Seattle Soundersga qaytish tahrir

Fribberg 2015-yil 29-iyun kuni Seattle Sounders FCga qaytgan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Friberg 2012-yilning yanvar oyida Shvetsiya terma jamoasi uchun yillik yigʻinga tanlangan. Malmyodagi jamoadoshlari Matias Ranégie va Ivo Pekalski jamoani tark etishga majbur boʻlishgan. Lager uchun tarkib tanlashda anʼanaviy tarzda mahalliy va boshqa Skandinaviya ligalaridagi eng yaxshi shved oʻyinchilari qatnashganlar[10]. 2012-yilning 18-yanvarida Bahraynga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan[11].

Shaxsiy hayoti tahrir

U CS:GO oʻyinchisi Adam Fribergning amakivachchasi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
BK Häcken 2007 Superettan 14 0 3 0 17 0
2008 Superettan 25 2 25 2
2009 Allsvenskan 28 3 3 0 31 3
2010 Allsvenskan 27 0 2 0 29 0
Jami 94 5 5 0 3 0 102 5
Seattle Sounders FC 2011 MLS 26 1 2 0 4 0 34 1
Malmö FF 2012 Allsvenskan 24 0 0 0 24 0
2013 Allsvenskan 27 6 4 0 6 0 37 6
Jami 51 6 4 0 6 0 61 6
Bologna 2013/14 A Seriiya 7 0 0 0 7 0
Esbjerg fB 2014/15 Daniya Superligasi 13 1 3 0 16 1
Seattle Sounders 2015 MLS 16 1 0 0 3 1 19 2
2016 MLS 30 0 2 0 2 0 34 0
Jami 46 1 2 0 5 1 53 2
BK Häcken 2017 Allsvenskan 27 1 5 0 32 1
2018 Allsvenskan 26 1 4 1 4 0 34 2
2019 Allsvenskan 24 2 4 0 2 0 30 2
2020 Allsvenskan 28 1 6 1 - 34 2
2021 Allsvenskan 4 0 0 0 0 0 4 0
Jami 109 5 19 2 6 0 134 7
Karyerada jami 346 19 33 2 24 1 406 22

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Shvetsiya 2012 2 0
Jami 2 0

Yutuqlar tahrir

Malmö FF

  • Allsvenskan: 2013-yil
  • Svenska Superkubogi : 2013-yil

Seattle Sounders FC

  • MLS kubogi : 2016-yil
  • Lamar Hunt AQSh ochiq kubogi : 2011-yil

BK Hacken

  • Svenska Kupen : 2018-19 ; ikkinchi oʻrin: 2020-21

Manbalar tahrir

  1. UEFA.com Erik Friberg
  2. Erik Friberg-Europa League
  3. Signing of midfielder Erik Friberg finally made official
  4. „Friberg transferred to Swedenʼs Malmö“. 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
  5. „Malmö FF värvar Erik Friberg från Seattle Sounders“ (sv). mff.se (2011-yil 13-dekabr). 2012-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
  6. „MFF:s Friberg kan bli årets kap“. sydsvenskan.se. Sydsvenskan (2012-yil 17-fevral). Qaraldi: 2012-yil 8-dekabr.
  7. „Årets: Året i bilder, guldhalvåret“ (sv). svenskafans.com. Svenska Fans (2013-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 7-dekabr.
  8. „Erik Friberg lämnar Malmö FF“ (sv). mff.se. Malmö FF (2014-yil 30-yanvar). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-yanvar.
  9. „Sounders FC signs midfielder Erik Friberg“. SoundersFC Communications (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.
  10. „Landslaget blir himmelsblågult: "Vi är stolta"“ (sv). Fotbollskanalen. Qaraldi: 2012-yil 13-yanvar.
  11. „Herr: 2–0 mot Bahrain i Doha“ (sv). svenskfotboll.se. Qaraldi: 2012-yil 19-yanvar.
  12. „Twitter conversation between Adam and Erik Friberg.“. twitter.com. Qaraldi: 2016-yil 15-dekabr.