Erik Hagen (talaffuzi: Erik Xeygen; 1975-yil 20-iyulda tugʻilgan) — isteʼfodagi norvegiyalik futbolchi. Himoyachi sifatida oʻynagan. Norvegiya terma jamoasida 28 ta oʻyinda maydonga tushgan

Erik Hagen
Hagen Zenitda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Erik Bjørnstad Hagen
Tavallud sanasi 20-iyul 1975-yil (1975-07-20) (48 yosh)
Tavallud joyi Veme, Norvegiya
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Jevnaker
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1996 Jevnaker 42 (6)
1996—1997 Liv/Fossekallen 42 (6)
1998—1999 Strømsgodset IF 24 (0)
2000—2004 Vålerenga 112 (4)
2005—2008 Zenit Saint Petersburg 67 (3)
2008Wigan Athletic (ijara) 1 (0)
2008—2010 Vålerenga 27 (0)
2010—2011 Hønefoss 20 (1)
2011—2013 Jevnaker 25 (4)
Milliy terma jamoa
2004—2007 Norvegiya 28 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klubda tahrir

Vålerengada oʻynagan paytlarida Hagen klub muxlislar tomonidan „Panzer“ laqabini oldi. Boshqa futbolchilar qatorida hagen Vål'enga Magasin klub jurnalida norvegiyalik futbolchilarning „nafrat roʻyxati“ni tuzdi, unda Vidar Riseth ham bor edi[1].

Hagen Kniksen mukofotini yilning eng yaxshi himoyachisi va 2004-yilda yilning eng yaxshi Knikseni sifatida qoʻlga kiritdi. Kniksen mukofoti norvegiyalik futbolchi uchun eng yuqori individual mukofot hisoblanadi.

2004-yil dekabr oyida Hagen Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga sotildi va Rossiya ligasida oʻynagan birinchi norvegiyalik futbolchiga aylandi. 2005-yilda „Zenit“ safida 28 ta oʻyin oʻtkazgan va unga nisbatan 12 marta kartochka koʻrsatilgan. 2006-yil yanvar oyida jamoa tomonidan sardor etib tayinlandi.

2008-yil 31-yanvarda Hagen yarim mavsumlik ijara asosida Angliya Premyer-liga vakili Wigan Athleticga oʻtishi eʼlon qilindi[2]. Biroq jamoa safida bor-yoʻgʻi bitta oʻyinda maydonga tushdi. Oʻsha oʻyinda Portsmouthni magʻlub etishdi

2008-yildan Vålerenga bilan ikki mavsumlik shartnoma imzoladi. 2008-yil 28-iyulda Hagen „Vålerenga“ning Tromsoga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushdi.

2014-yil aprel oyida intervyuda Hagen Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasida oʻynagan paytida Yevropa o‘yinida hakamga pora berganini tan oldi[3].

Xalqaro faoliyati tahrir

Hagen 29 yoshida Norvegiya terma jamoasi safida 2004-yilning 9-oktyabrida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Uchrashuvda Norvegiya 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Hagenning egizak akasi Rune Hagen bor, u ham professional futbol oʻynaydi. Akasi bilan bir vaqtda Vålerenga bilan shartnoma imzolagan. 

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Manba:[4][5]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Millik kubok Liga Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Zenit Saint Petersburg 2005 Rossiya Premyer-ligasi 28 0 5 0 - 8 0 - 41 0
2006 24 0 5 0 - 5 0 - 34 0
2007 15 0 5 0 - 2 0 - 22 0
2008 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Jami 67 3 15 0 - - 15 0 - - 97 3
Wigan Athletic (ijara) 2007—2008[6] Angliya Premyer-ligasi 1 0 0 0 0 0 - - 1 0
Vålerenga 2008 Tippeligaen 6 0 0 0 - - - 6 0
2009 21 0 2 0 - 0 0 - 23 0
Jami 27 0 2 0 - - 0 0 - - 29 0
Hønefoss 2010 Tippeligaen 17 0 1 0 - - 2 0 20 0
2011 Adeccoligaen 3 0 0 0 - - - 3 0
Jami 20 0 1 0 - - - - 2 0 23 0
Jami faoliyati 115 3 18 0 0 0 15 0 2 0 150 3

Xalqaro tahrir

Manba:[7]
Norvegiya terma jamoasi
Yil Ishtirok Gollar
2004-yil 3 0
2005-yil 9 0
2006-yil 7 1
2007-yil 9 2
Jami 28 3

Xalqaro gollar tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2006-yil 1-mart Stade Leopold Sédar Senghor, Dakar, Senegal   Senegal 1 — 2 1 — 2 Doʻstona
2 2007-yil 17-oktyabr Asim Ferhatovich Hase stadioni, Sarayevo, Bosniya va Gertsegovina   Bosniya va Gersegovina 1 — 0 2 — 0 UEFA Yevropa chempionati 2008 saralash.
3 2007-yil 17-noyabr Ullevaal stadioni, Oslo, Norvegiya   Turkiya 1 — 0 1 — 2 UEFA Yevropa chempionati 2008 saralash.

Manbalar tahrir

  1. „Portrett: Erik Hagen“. Vål'enga Magasinet. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  2. „Wigan swoop for Norway defender“. BBC Sport (2008-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  3. „Ex-Zenit Footballer Says He Paid $3,000 Bribe to Referee in European Match“. R-Sport. 2014-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  4. „Hagen Erik“. eng.rfpl.org. RFPL. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  5. „Erik Hagen“. nifs.no. nifs. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  6. „Games played by Erik Hagen in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
  7. „Erik Hagen“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.