Erken Kagarov
Erken Medatovich Kagarov (1966-yil 6-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rossiyalik dizayner, Perm dizaynni rivojlantirish markazi ish boshqaruvchisi (2011–2012)[1] va Artemiy Lebedev studiyasining badiiy rahbari[2].
Erken Kagarov | |
---|---|
Tavalludi |
6-aprel 1966-yil |
Kasbi | Dizayner |
Hayoti
tahrirErken Kagarov Toshkent shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Medat Aytoxunovich Kagarov uning otasi edi. Boʻlajak dizayner 1992-yilda Toshkent sanʼat institutini tamomlab, oʻsha yili Moskvaga koʻchib oʻtgan.
Uning dizayn sohasidagi birinchi ish joyi „Gratis“ reklama agentligi edi. Agentlikda 1992-yildan 1994-yilgacha faoliyat olib borgan. 1994-yilda „Imadesign“ studiyasiga asos solgan hamda 1994-yildan 2010-yilgacha shu studiyada ijodiy direktor lavozimida ishlagan. 1999-yilda Grafik dizayn oliy akademik maktabining ijodiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
Kagarov 2011-yildan 2012-yilgacha Perm dizaynni rivojlantirish markazining badiiy rahbari boʻlgan[1][3][4][5]. 2012-yildan Artemiy Lebedev studiyasining badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Kagarov 2012-yildan Artemiy Lebedev studiyasida badiiy rahbar vazifasida ishlagan. Grafik dizayn akademiyasi akademigi hamda 2001–2007-yillar orligʻida vitse-prezidenti boʻlgan.
Erken Medatovich Moskva Rassomlar uyushmasi, Rossiya Dizaynerlar uyushmasi aʼzosi, Rossiya badiiy rahbarlar klubi hamda Moskva arxitektura qoʻmitasining arxitektura kengashi qoshidagi Badiiy kengash aʼzosi boʻlgan[6][7][8].
Mukofotlari
tahrirErken grafik dizayn boʻyicha koʻplab logotip va grafika tanlovlarida gʻolibi boʻlgan. 1997, 1998, 1999, 2001-yillarda „Dizayn. Yilning eng yaxshi ishi“ koʻrgazma-tanlovida „Viktoriya“ milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1999-yil Moskvada „Masterskaya konstruktivizma. Geometriya, struktura, ornament, svet“ tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. „Upakofka – Zvezda Rossii – 2002“ tanlovida oltin medal sohibi boʻlgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ПЦРД возглавит Эркен Кагаров“ (ru). «Коммерсантъ» (2011-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ „Эркен Кагаров“ (ru). Студия Артемия Лебедева. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ „Эркен Кагаров покидает пост художественного руководителя ПЦРД“ (ru). «Коммерсантъ» (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ Эркен Кагаров. „Я принял решение уйти из ПЦРД. На то было несколько причин“ (ru). Livejournal (2012-yil 11-avgust). 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ „«Даже если в городе холодно и всегда дует ветер, это может быть воспринято как его уникальность»“ (ru). «Коммерсантъ». Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ „Эркен Кагаров“ (ru). britishdesign.ru. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ Юлий Штольц. „Эркен Кагаров — российский дизайнер, арт-директор студии“ (ru). «Дизайн Россия» (2019-yil 27-may). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
- ↑ Елена Степанова. „Дизайн городской среды стал темой лекции Эркена Кагарова в Братске“ (ru). ТК «Город». 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „ИНСТИТУТ БИЗНЕСА И ДИЗАЙНА“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.[sayt ishlamaydi]