Erkin Aʼzam — (1950-yil 10-avgustda tugʻilgan) Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan oʻzbek shoiri. 1972-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 19921994-yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995-yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri, I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati.

Erkin Aʼzam
Tavalludi 10-avgust 1950-yil
Mukofotlari El-urt khurmaty rib.png

„Chiroqlar oʻchmagan kecha“ (1977), „Otoyining tug'ilgan yili“ (1981), „Olam yam-yashil“ (1984), „Javob“ (1986), „Bayramdan boshqa kunlar“ (1988), „Mir v tsvetax“ (1999), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002) toʻplamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida „Chantrimore“, „Parizod“, „Piyoda“, „Dilxiroj“ filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat — insoniy erk, har qanday zoʻravonlikka munosabat masalasidir[1][2][3].

ManbalarTahrirlash

  1. Aʼzamov Erkin. Otoyining tugʻilgan yili. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1981-yil, 8,0 b.t.
  2. OʻzLib kutubxonasi[sayt ishlamaydi]
  3. https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat