Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi — Prezident taʼlim muassalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi xorijiy tillarni oʻqitishga hamda ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 361-sonli qaroriga asosan tashkil etildi. [1]
Fargʻona viloyati Margʻilon shahri Turkiston koʻchasi 138-uyda joylashgan.
Maktab taʼlim tizimi
tahrirErkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga oʻquvchilar 7-sinfdan boshlab maxsus imtihonlar orqali qabul qilinadi va taʼlim 11-sinfgacha davom etadi. Maktabda ona tili va adabiyot, ingliz tili fanlari chuqurlashtirib oʻqitiladi. Joriy fanlardan tashqari, arab tili, notiqlik sanʼati, nutq madaniyati fanlari kiritilgan. Har chorakda ichki monitoring orqali oʻquvchilar bilimi imtihondan oʻtkaziladi. Monitoring ijodiy va ilmiy imtihonni oʻz ichiga qamrab oladi. Oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar maktabdan chetlatiladi. Maktabda oʻqituvchilar soni jami 29 nafarni, oʻquvchilar soni 140 nafarni tashkil etadi.
Qulayliklari
tahrirMaktabda darslardan tashqari ijodiy, ilmiy toʻgaraklar olib boriladi. oʻquvchilar bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Barcha oʻquvchilar uchun 5 mahal ovqat bepul. Maktabni bitirgach, bitiruvchilar pedagogika yoʻnalishida istalgan OTM ga shartnoma asosida qabul qilinish imkoniyatiga ega. [2]
Jihozlanishi
tahrirMaktab-internatining umumiy quvvati 210 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 300 oʻrinli faollar zali, 80 oʻrinli oʻquvchilar yotoqxonasi hamda 90 oʻrinli oshxona binolaridan iborat. 1 ta kompyuter xonasi zamonaviy sensorli ekran, 7 ta sinf xonalari eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlar va elektron doskalar bilan taʼminlangan. Maktab-internati toʻliq holatda internet tarmogʻiga ulangan. |
Havolalar
tahrir- Telegram: https://t.me/erkinvohidovmaktabi