Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekiston Respublikasining oliy ijro etuvchi organi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi.

Oʻzbekiston Respublkasi Vazirlar Mahakamasi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 1-sentyabr
Joylashuvi Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bosh vazir Abdulla Aripov
Bosh mahkamasi Mahkama
Aʼzolari Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitasi raislari
Vebsayti gov.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus, Ingliz
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Map

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralardan iborat. Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar va boshqa rahbarlar faoliyat yuritadi.

Qarorgohi – Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi.

Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“gi (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan.

Vakolatlari

tahrir

Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi. Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

  1. iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;
  2. mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  3. xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;
  4. Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;
  5. yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  6. respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
  7. fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  8. fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash choratadbirlarini koʻradi;
  9. sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
  10. Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
  11. respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
  12. yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;
  13. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi,
  14. hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
  15. tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir qator vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi[1].

Apparati

tahrir

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash vazifalarini bajaradi. Qarorlarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib boradi. Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:

  1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;
  2. Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti;
  3. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
  4. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti;
  5. Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
  6. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
  7. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti

Vazirlar Mahkamasi apparati ishini apparat rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.

Vazirlar Mahkamasi „Xalq soʻzi“ – „Narodnoye slovo“ gazetalarining hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oliy Majlisi gazetalari hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.

Binosi

tahrir

Vazirlar Mahkamasi binosi – Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temir-beton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat. Vertikal chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999-yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000-yilda taʼmirlangan. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berilgan. 1-qavati qizil marmar devor bilan berkitilgan. Asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatilgan. Tillarang oynalari granitlar ishlatilgan poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻunlashgan. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlangan. Ganchkorlik ishlari bajarilgan. Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ yaratilgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi[2].

Tarkibi

tahrir

Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
  • Bosh vazirning oʻrinbosarlari
  • Vazirlar
  • Davlat qoʻmitalarining raislari
  • Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining Raisi Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Bosh vazir:

  • Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
  • Oʻzbekiston Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Hukumati nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
  • Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.

Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:

  • oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;
  • Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatishlari mumkin;
  • Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa pul toʻlanadigan lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.

Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosarlari

tahrir
  • Ochilboy Ramatov – Oʻzbekiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, qurilish va transport masalalari majmuasi rahbari
  • Jamshid Qoʻchqorov – Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri.
  • Jamshid Xoʻjayev – Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari 
  • Zulayho Mahkamova – Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.
  • [3].

Vazirlar roʻyxati

tahrir

Davlat qoʻmita raislarining roʻyxati

tahrir

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

Huzuridagi markaziy muassasalar roʻyxati

tahrir
  • Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davsuvinspeksiya)[8]
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  • Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
  • Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi
  • „Oʻzarxiv“ agentligi
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
  • „Oʻzbekkino“ Milliy Agentligi
  • Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
  • Din ishlari boʻyicha qoʻmita
  • Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
  • Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi
  • Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
  • Bilim va malakalarni baholash agentligi
  • Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
  • Oliy attestatsiya komissiyasi
  • Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
  • Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
  • Yoshlar ishlari agentligi

Manbalar

tahrir
  1. „Вазирлар Маҳкамаси фаолиятига қатор ўзгартиришлар киритилди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 июль.
  2. OʻzMEdan olingan maʼlumot.
  3. „Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlash to‘g‘risida“. Qaraldi: 11.22.2024.
  4.   davletovuz(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  5. https://my.gov.uz/uz/getService/89[sayt ishlamaydi]
  6. https://m.kun.uz/news/2020/01/22/fotoreportaj-hukumatning-yangi-tarkibini-shakllantirish-jarayoni-qanday-otdi
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  8. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.