Joʻrabek Mirzamahmudov
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich (oʻzbekcha: Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович) — 2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020—2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich | |
---|---|
Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович | |
| |
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 29-sentyabrdan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-oktyabr 1979-yil Uychi tumani, Namangan viloyati |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1997—1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi.
1999—2001 — „Umid“ fondi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003—2006 — „Oʻzlitineftgaz“ OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006—2012 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014—2017 — „Oʻzkimyosanoat“ davlat kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri
2018—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2019—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2022-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri[2].
Mukofotlari
tahrir2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[3].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi“. gazeta.uz.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.