Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi - Oʻzbekistonda iqtisodiyot sohasida boshqaruv organidir[1].

Oʻzbekiston Respublkasi Iqtisodiyot vazirligi
Turi huquqiy
Maqomi vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1991
Joylashuvi Toshkent, Islom Karimov koʻchasi, 1
Hududiy hizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Jamshid Qoʻchqorov
Bosh mahkamasi Vazirlik
Vebsayti mineconomy.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus

Tashkil topishiTahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisidiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-yanvardagi 37-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan 2018-yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylantirilgan.

VazifalariTahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiradi.

VazirlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash