Rustam Azimov
Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzbekcha: Рустам Содиқович Азимов; 20-sentyabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.[1] Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.
Tarjimai holi
tahrir1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek[2].
Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.
1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.
1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.
2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.
2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari[3].
2017-yildan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.