O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi elektr va issiqlik energiyasini, koʻmirni ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek neft, gazni qazib olish, ularni qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va ulardan foydalanish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi.
Turi | Energetika |
---|---|
Maqomi | Vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 2019-yil 1-fevral |
Joylashuvi | 21-uy, Istiqbol ko'chasi, Toshkent |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Joʻrabek Mirzamahmudov[1][2][3] |
Vebsayti | minenergy.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Vazifalar
tahrirOʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng targʻib qilish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Elektr va issiqlik energiyasi, koʻmir ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek neft, gaz va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;
Respublikaning energetika sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik tartibga solishni amalga oshirish;
Yoqilgʻi-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatli tizimini yaratish hamda energiya resurslari ishlab chiqarishni oshirish va diversifikatsiya qilish, barcha turdagi energiya resurslarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va isteʼmol qilishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli uzviy bogʻliq prognozlarini, shuningdek energetika tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni ragʻbatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilgʻi- energetika tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib olish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Energetika sohasiga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda boshqaruv, hisobga olish va nazoratning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda koʻmaklashish, shu asosda energetika sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, energetika tarmogʻi tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligini taʼminlash;
Neft-gaz va elektr energetika tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish;
Energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish.[4]
Vazirlar
tahrir2019—2022 – Alisher Sultonov [5]
2022-yil 29-sentyabrdan hozirgi vaqtgacha Joʻrabek Mirzamahmudov[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
- ↑ Vazirlik haqida minenergy.uz
- ↑ Alisher Sultanov pokinul post ministra energetiki po sostoyaniyu zdorovya gazeta.uz
- ↑ davletovuz(oʻzb.) Telegram mesenjerida