Akbar Toshqulov
Toshqulov Akbar Joʻraboyevich (1971-yil 21-sentyabrda Jizzax viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[1], huquqshunos, adliya katta maslahatchisi[2]. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – oliy darajadagi huquqshunos.
Toshqulov Akbar Joʻraboyevich | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 16-noyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ruslanbek Davletov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-sentyabr 1971-yil Jizzax viloyati |
Fuqaroligi |
![]() |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari |
![]() |
Faoliyati
tahrir1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi.
1997-2000-yillarda boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2000-2002-yillarda Qonunchilik va huquqiy axborotni tasniflash boʻlimi boshligʻi.
2002-2003-yillarda – Xalq xoʻjaligida yuridik ishlar boʻlimi boshligʻi.
2003-2005-yillarda xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.
2005-2017-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi farmoniga asosan Akbar Toshqulovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos“ faxriy unvoni berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi qarori bilan Akbar Toshqulov Adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan[3].
Akbar Toshqulov boshchiligida 2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston beshinchi siyosiy Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi[4].
Akbar Toshqulov 2021-yil 9-dekabr kuni Adliya vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi[5].
Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov 2021-yilning iyunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Akbar Toshqulov 2021-yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi[6].
2022-yil 15-noyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangach, uning oʻrniga 2022-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi[7][1][8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi“. gazeta.uz. Qaraldi: 16-mart.
- ↑ „Akbar Toshqulov“.
- ↑ „Akbar Toshqulov Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „O‘zbekistonda beshinchi siyosiy partiya ro‘yxatga olindi“.
- ↑ „Akbar Toshqulov Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“.
- ↑ „Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi“.
- ↑ „Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazir bo‘ldi.“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 16-mart.
- ↑ PMK(oʻzb.) Telegram mesenjerida