Ibrohim Abdurahmonov

Ibrohim Yulchiyevich Abdurahmonov(1975-yil 19-fevral, Namangan viloyati, Chust shahri,Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi va olim, 2017-yil 29-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri. Oʻzbekiston Fanlar va Jahon Fanlar akademiyasi akademiki.

Ibroxim Yulchiyevich Abduraxmonov
Иброхим Юлчиевич Абдурахмонов
Ibrohim Yulchievich Abdurakhmonov.jpg
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri
Mansabda
2017-yil 29-noyabr — 
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1975-yil (1975-02-19) (46 yosh)
Namangan viloyati, OʻzSSR

BiografiyaTahrirlash

1975-yil Namangan viloyati, Chust shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek

1997-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tugatgan.

2001-yilda Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini tugatgan[1].

1997-1998 yillarda Genetika va eksperimental oʻsimliklar biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlib ishlagan.

2002-2012 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklarning eksperimental biologiyasi instituti Genomik texnologiyalar markazi laboratoriyasining loyiha menejeri[2].

2012-2017 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining direktori lavozimida ishlagan.

2014-yil 26-oktyabrda Maskat shahrida Ibrohim Abdurahmonov Jahon Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi[3].

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2017-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga tayinladi[4].

ManbalarTahrirlash