Voitov Aziz Botirovich — (1980-yil) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri.

Aziz Voitov
 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 29-avgust – 2023-yil 24-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Xoʻjayev
Vorisi Ibrohim Abdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1980-yil

Mehnat faoliyati tahrir

Taʼlim tahrir

Aziz Voitov 2001-yilda Toshkent moliya institutini „Soliq va soliqqa tortish“ mutaxassisligi boʻyicha bitirgan[1]. 2010-yilda Oliy ishbilarmonlik maktabida „Biznes boshqaruvi“ sohasi boʻyicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyati tahrir

Aziz Voitov 2017-yilda Oʻzsanoatqurilishbank boshqaruv raisi lavozimida ishlagan[2]. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan[1]. 2022-yil avgust oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

2023-yil 24-oktyabr kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etildi[3].

Qamoqqa olinishi tahrir

2023-yil 18-dekabr kuni iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq ish yuzasidan qamoqqa olindi[4].

Manbalar tahrir