Laziz Qudratov — Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri.[1] Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari,[2][3][4] Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori.[5][6] Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.

Laziz Qudratov
Лазиз Қудратов
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri
Mansab davri
2022-yil 30-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori
Mansab davri
2021-yil 18-avgust – 2022-yil 30-dekabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2017-yil iyun – 2021-yil 18-avgust
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil
Toshkent shahri
Maʼlumoti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya)

Bolaligi

tahrir

1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Faoliyati

tahrir

U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.[7]

Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari etib saylandi.[3] Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.[8] 2019-yilning yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni boshladi.[3]

Avvalgi birinchi o‘rinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi.[9] Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi.[10] Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.[11][12]

2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi.[13] U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.[14]

Manbalar

tahrir
  1. „Министром инвестиций, промышленности и торговли стал Лазиз Кудратов“. gazeta.uz (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 27-noyabr.
  2. „НАЗНАЧЕНЫ ЗАМЕСТИТЕЛИ МИНИСТРА ИНВЕСТИЦИЙ И ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ“ (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi“ (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  4. „Раҳбарият“ (2022-yil 10-sentyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  5. „Л.Кудратов зиммасига янги Агентлик Бош директори вазифаси юклатилди“ (2021-yil 19-avgust). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „Laziz Kudratov heads the Agency for Strategic Development“ (Ingliz tilida) (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  7. „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori etib tayinlandi“ (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  8. „Лазиз Кудратов встретился с руководством Американо-Узбекской торговой палаты“ (Rus tilida) (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  9. „Лазиз Қудратов Инвестициялар ва ташқи савдо вазирининг биринчи ўринбосари этиб тайинланди“ (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  10. „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligiga rahbarlik qildi“ (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  11. „Uzbekistan delegation attends MINEX Eurasia Forum in London“ (Ingliz tilida) (2019-yil 30-noyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  12. „Лазиз Шавкатович Кудратов, первый заместитель министра по инвестициям и внешней торговле Узбекистана, выступит на конференции МАЙНЕКС Евразия 28 ноября 2019 в Лондоне“ (Rus tilida) (2019-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  13. „Узбекистан предложил создать международную систему электронной коммерции“ (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  14. „Кто вошёл в президентский совет по поддержке предпринимателей“ (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.