Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Oʻzbekiston vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, 2022-2023-yillarda Tabiat resurslari vazirligi, 1992-2022-yillarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini yurituvchi organ.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi
Qisqartma OʻzTRV
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 2022-yil 30-dekabr
Joylashuvi 100043, Oʻzbekiston, Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7A
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Aziz Abduhakimov
Vazirning birinchi oʻrinbosari Obid Qudratov[1]
Vazir oʻrinbosari Sherzod Habibullayev
Vebsayti eco.gov.uz
Map

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi „Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoniga asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi negizida tashkil etilgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi vazirlik tarkibiga qoʻshilgan[2]. 2023-yil 1-iyunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi etib qayta nomlangan[3]

Rahbarlari

tahrir
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raislari
Tabiat resurslari vazirlari

Vazifalari

tahrir

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish.

Atrof muhitning maqbul ekologik holatini, ekologik tizimlarni, tabiiy komplekslarni va alohida obyektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash.

Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘tkazish, atmosfera havosini muhofaza qilish;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, yagona ekologik resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, zoologiya va botanika kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni davlat ro‘yxatiga olish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ekologik taʼlim va targ‘ibotni tashkil etish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir