Zulayho Mahkamova

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Zulayho MahkamovaOʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi[1].

Zulayho Mahkamova
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2022-yil 1-martdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1968-yil
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani

Tarjimai holi

tahrir

1968-yil Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

Ta'lim

tahrir

1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga o'qishga kirib, 1986-yilda a'lo baholar bilan o'qishni tamomlagan, shundan so'ng 1986-yili Namangan Davlat Pedagogika Institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[2].

Mehnat faoliyati

tahrir

Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, bo'lim mudirasi, katta o'qituvchi), 1998-2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011-2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017-2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan[2]. Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.[3]

2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda[1].

Oilasi

tahrir

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Manbalar

tahrir

Andoza:DEFAILTSORT:Mahkamova, Zulayho