Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi — Qoraqalpogʻiston hukumati mamlakatning ijro etuvchi organi hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston respublikasi vazirlar kengashi - Qo raqalpogʻiston Respublikasi hukumati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchiboshqaruvchi organi. Qoraqal-pogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Ken-gesi tomonidan tuziladi, uning oldida masʼul va unga hisob beradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taq-dimiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilib, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi. U oʻz lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.

1998-yil 29 yanvar yangi tahrirda qabul qilingan "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, Vazirlar Kengashi: Qoraqalpogʻistonda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini roʻyobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi. Pul-kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, shuningdek, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv idoralari tizimini takomillashtiradi, har xil vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari va xoʻjalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida respublika Joʻqorgʻi Kengesiga takliflar beradi; fan va texnikani rivojlantirish choratalbirlarini, shuninglek, tabiiy boyliklarni muxrfaza etish, ulardan samarali foydalanish boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ijtimoy taʼminot tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash, xalq talimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; respublika davlat xav-fsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Rsspublikasining davlat chegaralarini qoʻriqtash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dastur.targa oid ishlarni muvofiqlashtiradi. tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlarini koʻradi. Oʻzbekisgon Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlariga muvo-fiq hukumatlararo shartnomalar, bitimlar tuzadi va amalga oshiradi.

Vazirliklar tahrir

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazir: Xabibullaev Baxitjan Sagidullaevich
  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazir: Erlepesov Nurullan Umirzakovich
  3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, vazir: Turmanov Sagʻindiq Turganbayevich
  4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, vazir: Sadikov Mahmud Saidahmedovich
  5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, vazir: Narimbetov Ahmet Karamatdinovich
  6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, vazir: Baxieva Gulzira Aminovna
  7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, vazir: Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich
  8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazir: Alimov Yuldash Kochkarovich
  9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, vazir: Qurbanov Murat Ismaylovich
  10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazir: Mambetkadirov Saylaubay Amanbaevich
  11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, vazir: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich
  12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, vazir: Turdiev Qalbay Abievich
  13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, vazir: Qurbanbaev Azimjon Saparbaevich[1]
  14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, vazir: Dosnazarov Adilbek Alliyarovich
  15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, vazir: Reimbaev Adilbek Roʻzimuhammadovich
  16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, vazir: Saparov Sultonbay Perdebayevich[2]

Qoʻmitalar tahrir

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi raisi: Aminov Aybek Baxtiyarovich
  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qoʻmitasi raisi: Kamalov Ziy’atdin Sadatdinovich
  3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi: Kaypanov Mahmud Tengelovich
  4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi: Saparov Abdiraxman Danabayevich[3]

Idoralar tahrir

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi: Zarikeyev Rasul Poʻlatovich
  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi: Davletov Azamat Saparbayevich
  3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi: Bekmuratov Azamat Maxsetbayevich
  4. Davlat bojxona qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi: Kazakov Ilhombek Bazarbayevich
  5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻi: Gʻaniyev Temirbay Turganbaxievich
  6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi: Bekchanov Xalmurza Tursinbaevich[4]

Agentliklar tahrir

  1. „Qoraqalpaqkino“ agentligi, direktor: Nizamatdinov Bektileu Usnatdinovich
  2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boshqarmasi direktori: Alisher Xalmuratovich Serjanov
  3. Qoraqalpogʻiston axborot agentligi, direktor: Nurabullaev Bahamdulla Xojambetovich
  4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi direktori: Bekmuratov Azamat Maxsetbayevich[5]

Xalq Komissarlari Soveti / Vazirlar Kengashi raislari tahrir

  1. Avezov, Qosim (4.1925 — 3.1929) (30.5.1932 — 1935)
  2. Qurbonov, Jumabay (1935 — 1938)
  3. Nietullaev, Xoʻjaboy (07.1938-1941)
  4. Seitov, Pirjon (1941—1946-yil oktyabr)
  5. Japakov, Nauruz (oktabr 1946-1952)
  6. Seyitniyazov, Jolimbet (1952—1954)
  7. Seitov, Pirjon (1954—1956-yil 15-iyul)
  8. Japakov, Nauruz (1956—1959-yil 31-mart)
  9. Kamolov, Kallibek (1959-yil 31-mart — 1963-yil 16-mart)
  10. Aytmuratov, Yerezhep (1963-yil mart — 1981-yil 15-iyul)
  11. Yusupov, Marat Jumaniyazovich (15.7.1981- 1985)
  12. Yadgarov, Damir Salixovich (1985-yil avgust — 1988-yil oktyabr)
  13. Nietullaev, Sagʻindiq Dauletiyarovich (10.1988 — 7.1989)[6]
  14. Tojiev Amin Xamraevich (07.1989 — 01.1992)
  15. Yoʻldoshev, Rejepbay (1992—1995)
  16. Jumaniyazov, Bahram Satimboevich (1995-yil fevral-dekabr)
  17. Avezmatov, Saparbay (1995—1998-yil dekabr)
  18. Tojiev Amin Xamraevich (10.1998 — 7.10.2002)
  19. Tanirbergenov, Tursinbay Tleubanovich (2002—2006)
  20. Yangiboev, Bahodir Yangibaevich (2006-yil 23-sentyabr — 2016-yil 13-oktyabr)[7]
  21. Sariev, Qahramon Ramatullaevich (2016-yil 14-oktyabrdan)




Manbalar tahrir