Damir Solihovich Yodgorov (1937-yil 18-fevralda tugʻilgan, Shofirkon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — SSSR va Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi; 1985-yildan 1988-yilgacha — Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashining Raisi; O‘zbekiston SSR 100-sonli Buxoro milliy-hududiy saylov okrugidan SSSR xalq deputati; KPSS Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, KPSS MK aʼzosi, KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi delegati; iqtisod fanlari nomzodi. 1991—1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi[1][2][3][4][5][6].

Damir Solihovich Yodgorov
 Buxoro viloyati hokimi
Mansab davri
1991-yil – 1994-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Mavlon Rahmonov
Buxoro viloyati KP MK birinchi kotibi
Mansab davri
1988-yil – 1991-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ismoil Jabborov
Vorisi lavozim tugatilgan
 Qoraqalpogʻiston SSR Ministrlar Soveti raisi
Mansab davri
1985 – 1988gacha
Oʻtmishdoshi Marat Yusupov
Vorisi Sagindik Nietullaev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1937-yil (1937-02-18) (87 yosh)
Buxoro

Biografiyasi tahrir

Yodgorov 1937-yil 18-fevralda, Shofirkonda agronom va qishloq oʻqituvchisi Solih Yodgorov oilasida tugʻilgan. 5 ta farzanddan ikkinchisi. 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.

Taʼlimi tahrir

1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati tahrir

1959-yildan komsomol va partiya ishlarida (1960-yildan KPSS aʼzosi): institut komsomol qoʻmitasi kotibi, Buxoro viloyat komsomol qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Buxoro viloyat komiteti instruktori. Oʻzbekiston Kompartiyasi (1961—1962), Oʻzbekiston KP MK instruktori (1962).

1966—1967-yillarda Toshkent zilzilasidan keyin bolalarni evakuatsiya qilish boʻyicha komsomol Markaziy qoʻmitasida ishlay boshlagan. Toshkentdagi tabiiy ofatdan keyin 30 mingdan ortiq bola evakuatsiya qilingan[7].

1967—1978-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri va xoʻjaligi boʻyicha kotibi.

1978—1984-yillarda SSSR Suv xoʻjaligi vaziri „Glavsredazirsovxozstroy“ boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1984—1985-yillarda Qoraqalpogʻiston qurilish boshqarmasi boshligʻi.

1985-yil avgustdan 1988-yil oktyabrgacha Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi[8][9], KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi delegati[10][11].

1988-yil oktyabrdan 1991-yil sentyabrgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, shu bilan birga, 1990—1991-yillarda Buxoro viloyat kengashining raisi kabi vazifalarda faoliyat yuritgan[12].

KPSS XXVIII qurultoyi delegati (1990)[13]. 1990-yildan 1991-yilgacha KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi[12]. Oʻzbekiston SSR 100-sonli Buxoro milliy-hududiy saylov okrugidan SSSR xalq deputati (1989—1991)[14][15] SSSRda konstitutsiyaviy nazorat toʻgʻrisidagi SSSR qonunini ishlab chiqish komissiyasi aʼzosi.

1992-yil yanvardan 1994-yil martgacha — Buxoro viloyati hokimi[16].

1988—1994-yillarda Buxoro viloyatida bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, bu esa odamlarning turmush darajasini sezilarli darajada yaxshiladi. Viloyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini yangi bosqichga ko‘tarildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. „Damxoʻja-Navoiy“ magistral suv quvuri qurildi. Buxoro viloyati aholisi va viloyat markazi ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Bahovaddin Naqshbandiy tarixiy-diniy yodgorligi qayta tiklandi.

Ilmiy faoliyati tahrir

Damir Yodgorov iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Manbalar tahrir

  1. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ruscha). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  2. „Республика Каракалпакстан“. г. Нукус (ruscha). archive.today. 2010-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  3. „XXVIII-й съезд Коммунистической партии Советского Союза 2 — 13.7.1990“ (ruscha). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  4. „Ядгаров Дамир Салихович“ (ruscha). Supsov.narod.ru. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  5. „Комитет конституционного надзора СССР. 1989—1991“,Конституционный суд России. 
  6. „Договор об экономическом, научно-техническом и культурном сотрудничестве между Бухарской областью Республики Узбекистан и Республикой Татарстан“ (ruscha). InfoCourt (19-fevral 1993-yil). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  7. Shevarov D. Na kratkiy mig dlya pereklichki… // Pervoe sentyabrya. — № 15.
  8. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  9. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  10. „Список делегатов XIX всесоюзной конференции КПСС“ (ru). Защита памяти. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  11. „Республика Каракалпакстан“ (ru). archive.today. 2010-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  12. 12,0 12,1 Люди и Книги.
  13. „XXVIII-й съезд Коммунистической партии Советского Союза 2 — 13.7.1990“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  14. ЦентрАзия.
  15. „Ядгаров Дамир Салихович“ (ru). Supsov.narod.ru. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  16. „Договор об экономическом, научно-техническом и культурном сотрудничестве между Бухарской областью Республики Узбекистан и Республикой Татарстан“ (ru). InfoCourt (1993-yil 19-fevral). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart. / Dogovor ot 19 fevralya 1993 goda]