Erna Solberg (norv.: Erna Solberg, 24-fevral 1961-yil, Bergen) – Norvegiya davlat va siyosat arbobi. 2004-yildan Norvegiya Konservativ partiyasi rahbari. 2013-yil 16-oktyabrdan 2021-yil 14-oktyabrgacha Norvegiya Bosh vaziri[1][2][3][4].

Erna Solberg
norv.: Erna Solberg
28-Norvegiya Bosh vaziri
Mansab davri
2013-yil 16-oktyabrdan – 2021-yil 14-oktyabrgacha
Monarx Harald V
Oʻtmishdoshi Jens Stoltenberg
Vorisi Jonas Gahr Støre
Norvegiya konservativ partiyasi raisi
Mansab davri
2004-yil 9-maydan
Oʻtmishdoshi Jan Petersen
Norvegiya modernizatsiya vaziri
Mansab davri
2001-yil 19-oktyabrdan – 2005-yil 17-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Sylvia Brustad
Vorisi Åslaug Haga
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-fevral 1961-yil (1961-02-24) (63 yosh)
Bergen
Mukofotlari
Muqaddas Olaf ordeni katta xochi kavaleri

Biografiya tahrir

Erna Solberg 1961-yilda Bergen shahrida tugʻilgan. Maktabda oʻqiyotganda disleksiya tufayli bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Maktabda orkestrda oʻynadi va pianino darslarini oldi[5]. Maktabni tugatgandan soʻng Bergen universitetiga oʻqishga kirdi va 1986-yilda sotsiologiya va siyosatshunoslik fakultetini tamomladi.

Yoshligidan Konservativ partiyaga aʼzo boʻldi va tez orada birinchi navbatda yoshlar qanoti, soʻngra partiyaning oʻzi rahbariyatiga kirdi. 1989-yildan Stortingning (Norvegiya parlamenti) doimiy aʼzosi.

2001 yilda u Kjell Magne Bunnevik hukumatida kommunal xizmatlar vaziri boʻldi. Hukumatda ishlagan. Oʻzini irodali va maqsadli siyosatchi sifatida koʻrsatdi va 2004-yil 9-mayda Konservativ partiyani boshqardi[6].

2013-yil sentabrida Norvegiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtta oʻng partiyalar ittifoqi koʻpchilikni qoʻlga kiritdi. Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. 16-oktyabrda bu lavozimni Erna Solberg egalladi[7][8].

2021-yilda isteʼfoga chiqdi.

Erna Solberg 1996-yilda Sindre Finnes bilan turmush qurgan. Ularning bir oʻgʻil va qizi bor.

Manbalar tahrir

  1. Erna Sulberg.
  2. Pravotsentrist Erna Sulberg stala novim premer-ministrom Norvegii
  3. Dette er utfordringene som møter de nye statsrådene.
  4. Erna Solberg varsler tøffere integrering, 2012-09-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-11
  5. „Эрна Сульберг.“. 2019-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-sentyabr.
  6. „Erna Solberg varsler tøffere integrering“. 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-sentyabr.
  7. „Правоцентрист Эрна Сульберг стала новым премьер-министром Норвегии“. 2013-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-sentyabr.
  8. „Dette er utfordringene som møter de nye statsrådene.“. 2009-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr.