Ernesto Mascheroni
Ernesto Mascheroni (ispancha: Ernesto Mascheroni) — urugvaylik va italiyalik futbolchi, himoyachi.1907-yil 21-noyabrda Montevideoda tavallud topgan.
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Toʻliq ism-sharifi | Ernesto Mascheroni | ||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1907-yil 21-noyabr Urugvay, Montevideo | ||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1984-yil 3-iyul (76 yosh) | ||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | ||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 183 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||
Ampula | himoyachi | ||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallari | |||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Tarjimai holiTahrirlash
Ernesto italiyalik muhojirlar oilasidan.U „Belya Vista“ klubida futbol oʻynay boshladi, ammo haqiqiy shuxratni 1930-yilda Urugvayda tashkillashtirilgan futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatida topdi.Futbolchi Urugvay terma jamoasida oʻynay boshladi.1930-yildan 1940-yilgacha u Urugvay terma jamoasida 13 ta oʻyin oʻtkazgan.Urugvay terma jamoasi safida 1930-yilda jahon chempioni boʻldi.Oʻsha paytda Mascheroni Montevideoning „Olimpia“ jamoasida oʻynagan.U „Olimpia“ klubida 150 ta oʻyinda maydonga tushib 7 ta gol urgan.Keyinchalik Argentinaning „River Pleyt“ klubida Kapurro bilan birga toʻp surdi.Lekin tez orada „Penyarol“ klubiga koʻchib oʻtgan."Penyarol" klubida umumiy hisobda 216 ta oʻyinda 9 ta gol urgan.Ushbu klub tarkibida toʻrt karra Urugvay chempioni boʻldi (1932,1936,1937,1938). Argentinaning „Independente“ klubida 35 ta oʻyinda 3 ta gol urdi.
1934-yilda Mascheroni Italiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 1936-yilgacha „Ambrosiana“ (hozirgi „Internazionale“) jamoasida oʻynadi.Italyan klubida 53 ta oʻyinda maydonga tushib 3 ta gol urdi.1935-yilda u Italiya terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazdi.Urugvayga qaytganidan soʻng,Ernesto yana „Penyarol“ klubida oʻynay boshladi (1936-1940).
1984-yilga kelib Mascheroni Urugvay terma jamoasining 1930-yilgi chempionatda chempion boʻlgan tarkibining soʻnggi aʼzosi edi.Ernesto Mascheroni 1984-yil 3-iyulda Montevideoda vafot etdi.
YutuqlariTahrirlash
- Urugvay chempioni-1932, 1936, 1937, 1938
- Markaziy Yevropa kubogi sohibi-1933/35
- Jahon chempioni-1930
ManbalarTahrirlash
1.https://www.transfermarkt.com/ernesto-mascheroni/profil/spieler/229596
2.https://www.inter.it/en/archivio_giocatore/G0385
3.https://fbref.com/en/players/8b07ce07/Ernesto-Mascheroni
4." Umer posledniy vijivshiy igrok pervogo finala chempionata mira ". BBC News, 31-avgusta 2010 g. 22 marta 2011 g.