Eron sogʻliqni saqlash tizimi
Eronda sogʻliqni saqlash uchta ustunga asoslanadi:davlat-hukumat tizimi, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlar[1]. Mamlakatda sogʻliqni saqlash va tibbiyot sektorining bozor qiymati 2002-yilda deyarli 24 milliard AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 96 milliard AQSh dollariga koʻtarildi[2]. 80 million aholiga ega (2017-yil) Eron Gʻarbiy Osiyodagi eng gavjum mamlakatlardan biridir. Yosh avlodlar tez orada yangi oilalar qurish uchun yetarli yoshga yetishi aholining oʻsish sur’atlarini va keyinchalik sogʻliqni saqlash infratuzilmasi va davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni oshiradi. Umumiy sogʻliqni saqlash xarajatlari 2008-yildagi 24,3 milliard dollardan 2017-yilga kelib 96 milliard dollargacha koʻtarilidi, bu esa tibbiy xizmatlarga boʻlgan talabning ortib borayotganini aks ettirar edi[3]. 2017-yildagi jami sogʻliqni saqlash xarajatlari Eron YaIMning 6% ga teng edi[4]. Eronliklarning qariyb 90% tibbiy sugʻurtaga ega[5]. Shuningdek,Eron qonuniy organlar savdosiga ega yagona davlatdir[6][7]. Shunga qaramay, aʼzolar donorligining huquqiy xususiyati ularni donorning oʻz ixtiyoriga asosan hadya qilinishi deb hisoblanadi, yaʼni agar organ kuch ishlatib sotishga majbur qilinsa yoki sotilsa bu qonunga zid hisoblanadi[8].
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra,2000-yil holatiga binoan Eron sogʻliqni saqlash boʻyicha 58-oʻrinni va sogʻliqni saqlash tizimi koʻrsatkichlari boʻyicha 93-oʻrinni qayd etgan[9]. 2016-yilda Bloomberg News Eronni eng samarali sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha AQSh va Braziliyadan soʻng 30-oʻringa qoʻydi[10]. Hisobotda koʻrsatilgandek,Eronda oʻrtacha umr koʻrish 75,5 yil va aholi jon boshiga sogʻliqni saqlash uchun 346 dollar sarflanadi[10]. Eronliklarning salomatlik natijasi so‘nggi 20 yil ichida yaxshilandi. Mamlakat keng qamrovli birlamchi sogʻliqni saqlash tarmogʻini tashkil etish orqali profilaktika xizmatlarini kengaytirishga muvaffaq boʻldi[11]. Buning natijasida bolalar va onalar o‘limi sezilarli darajada kamayib, yangi avlod tug‘ilishidagi umr ko‘rish sezilarli darajada oshdi. Goʻdaklar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 2000-yilda 1000 tirik tugʻilgan chaqaloqqa mos ravishda 28,6 va 35,6 ga kamaydi[12]. Bolalarni emlash shahar va qishloqlarning har bir hududida bor.
Eng yirik sogʻliqni saqlash tarmogʻi mamlakatdagi sogʻliqni saqlash muassasalari va tibbiyot maktablari tarmogʻi orqali Sogʻliqni Saqlash va tibbiy taʼlim vazirligi(SSTTV) ga tegishli boʻlib, barcha ishlar vazirlik tomonidan boshqariladi. SSTTV tibbiy sugʻurta, tibbiy taʼlim, mamlakatdagi sogʻliqni saqlash tizimini nazorat qilish va tartibga solish, boshqaruv siyosatini ishlab chiqish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish, tadqiqot va ishlanmalar orqali sogʻliqni saqlash xizmatlarini koʻrsatish uchun javobgardir. Bundan tashqari, tibbiy xizmatlarni sugʻurtalash tashkilotlari kabi boshqa parallel tashkilotlar ham mavjud boʻlib, ular yordam jamgʻarmasi va sugʻurta kompaniyasi sifatida faoliyat yuritadi. Baʼzi shifoxonalar, masalan, bolalar saratoni uchun barpo qilingan Mahak xayriya jamgʻarmalari tomonidan boshqariladi.
Eron Statistika markazi 2003-yilda oʻtkazgan aholini roʻyxatga olishning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, davlatda umumiy 110 797 oʻringa ega 730 ta tibbiyot muassasasi (kasalxonalar, klinikalar) mavjud boʻlib, ulardan 488 (77 300 oʻrinli) toʻgʻridan-toʻgʻri SSTTV va 120 tasini xususiy sektorlar boshqaradi. Har 10 000 aholi uchun 7 nafarga yaqin hamshira va 17 ta kasalxona yotoqlari to‘g‘ri keladi.
Davlat klinikalarining keng tarmog‘i birlamchi tibbiy yordamni arzon narxlarda taqdim etadi. Har bir qishloq yoki qishloq punktlarida mahalliy aholi uchun sogʻliqni saqlashning ovqatlanish, oilani rejalashtirish, qon bosimini oʻlchash, prenatal parvarish, immunizatsiya va atrof-muhit sharoitlarini kuzatish kabi profilaktik yordamlardandan iborat sogʻlomlashtirish uylari mavjud. Har qaysi sog‘lomlashtirish uyi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xonasi va yotoqxona bilan jihozlangan. Punktlarda erkaklar uchun erkak, ayollar uchun esa ayol xodimlar xizmat koʻrsatishadi. Bular aholi sog‘ligʻini saqlash tizimining dastlabki bosqichi. Kasalliklari murakkabroq bo‘lganlar tuman vrachlik punktlariga yuboriladi, ularda shifokor, texnik va maʼmurlar ishlaydi. Xuddi shunday birlamchi tibbiyot punktlari shaharlarda ham mavjud. Murakkab yordamga, shu jumladan jarrohlik xizmatlariga muhtoj boʻlganlar shifoxonalarga yuboriladi. Eronning birlamchi sogʻliqni saqlash tizimi UNICEF tomonidan „aʼlo“ deb baholandi[13].
Sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim vazirligi (SSTTV) butun Eronda umumiy va ixtisoslashtirilgan kasalxonalarni boshqaradi. Koʻplab yirik shaharlarda badavlat odamlar yuqori narx talab qiladigan xususiy klinikalar va shifoxonalardan foydalanadilar.JSST maʼlumotlariga koʻra,2000- yilda aholining 94% mahalliy tibbiy xizmatlardan foydalana olgan. Qishloq joylarda foydalanish darajasi 86% boʻlsa shaharlarda 100% gacha imkoniyatlar kengayadi[4]. 1999-yilda aholining 80% dan 94% gacha boʻlgan qismi arzon dori vositalaridan foydalanishga qurbi yetgan[4].
Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti shaharlarda ishlaydigan fuqarolarni (davlat xodimlari bundan mustasno) va ularning qaramogʻidagilarni sugʻurta qilish uchun javobgardir. Shuningdek, ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti koʻplab keksa yoshdagi nafaqaxoʻrlarni ham sugʻurta qiladi. Tibbiy xizmatlarni sugʻurtalash tashkiloti esa davlat xizmatchilari, talabalar va qishloq aholisini qamrab oladi. Imom Xomayniy yordam jamg‘armasi boshqa sug‘urta dasturlarida ishtirok etmagan kambag‘allarni sug‘urtalash bilan shugʻullanadi. Harbiy xodimlarni sug‘urtalash tashkiloti esa qurolli kuchlar aʼzolarini tibbiy sug‘urta bilan taʼminlaydi. Ushbu sxemalardan tashqari, jamiyatning badavlat aʼzolarini qamrab oluvchi bir qator xususiy va yarim davlat sugʻurta dasturlari mavjud.
Aholining 90% dan ortigʻi tibbiy sugʻurtaga ega va hukumat 2018-yilga kelib universal sugʻurtani ustuvor vazifa qilib qoʻydi. Umuman olganda, tibbiy sugʻurta sugʻurta qiluvchilarning roʻyxatida boʻlgan dori-darmonlar narxining 70% va davlat shifoxonalari xarajatlarining 90%ni qoplaydi, bunda kamdan-kam uchraydigan kasalliklarga chalinganlar yoki chekka hududlarda yashovchilar uchun qoʻshimcha sugʻurta ajratiladi[14].
2009-yildan beri hukumatning „kompleks sugʻurta rejasi“ dasturi barcha eronliklarni asosiy sugʻurta bilan taʼminladi[15].
Ishchi kuchi
tahrirEron sogʻliqni saqlash tizimi zarur ishchi resurslarini tayyorlash/oʻqitishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qariyb 30 yil oldin mamlakatda sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida barcha turdagi malakali kadrlar yetishmovchiligiga sabab boʻlib kelgan tizim to‘liq o‘zgartirilib, bugungi kundagi siyosat mamlakat ehtiyojlarini to‘liq qondiradigan zarur mutaxassislarni yetqizib berish tizimiga aylandi. Bugungi Eronda hukumat tomonidan moliyalashtirilgan 488ta kasalxona mavjud.2004-yilda har 1000 aholiga 0,5-1,1 vrach toʻgʻri kelgan (turli maʼlumotlarga koʻra, shifokorlarning 46% ga yaqini ayollar boʻlgan).
Biroq,rivojlanishi past boʻlgan viloyatlarda sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlari va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va mavjudligi biroz cheklangan boʻlib qolmoqda. Mamlakat epidemiologik oʻtish davrida kasalliklarning ikki baravar ogʻir koʻrinishlariga duch kelmoqda. Eron hukumati yangi paydo boʻlayotgan biologik tahdidlar, epidemiologik davrlar yaqin va uzoq kelajakda kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir koʻrsatishi ayniqsa, surunkali yuqumli boʻlmagan kasalliklarning paydo boʻlishiga va keksaygan aholining salomatligida muammolariga duch kelinishi mumkinligi haqida tafsilotlar bergan.
Taraqqiyoti
tahrir1979-yilgi inqilobdan keyin barcha sogʻliqni saqlash sohalarida umumiy yaxshilanishlarga erishilgan boʻlsa-da, mamlakatning hozirgi qiyin iqtisodiy sharoitlari, turli davlatlar tomonidan kiritilgan sanksiyalar, tibbiy texnologiyalar va axborot texnologiyalaridagi jadal taraqqiyot,Eronning esa bu sohalarda biroz ogʻayotgani sogʻliqni saqlash sohasidagi rivojlanishni murakkablashtirmoqda.
Tibbiy turizm
tahrirEronda tibbiy turizm juda rivojlangan va iqtidorli sohadir. Tibbiy turizm — bu davolanish uchun chet elga borish yoki oʻz mamlakatingizda koʻrsatilmagan yoki hech boʻlmaganda u kerakli darajada samarali boʻlmagan davolanishdir. Rivojlangan mamlakatlardan odamlar arzonroq narxda davolanish uchun boshqa mamlakatlarga borishadi. Hisob-kitoblarga koʻra,Eronda tibbiy turizmdan foydalangan holda, xorijlik davolanuvchi 50%gacha davo mablagʻini tejashi mumkin.
Eron tibbiy turizmi sayyohlarni tibbiy xizmatlarga jalb qilishning yuqori salohiyatiga ega. Ushbu mintaqadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha hamyonpob narxdan tashqari, eron tibbiy xizmatlarining sifati juda samarali va yuqori. Mamlakatda haqiqatan ham yaxshi bilimli va tajribali tibbiyot xodimlari bor ammo, faqat tibbiy turizm uchun. Tibbiyot mutaxassislari yuqori professional va malakali tizim tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Shuningdek, davlat doimiy faol tibbiyot tadqiqotchilari jamoasiga ega[16].
2012-yilda Eronga har yili 30 000 kishi tibbiy yordam olish uchun kelgan[17][18].Eng koʻp sogʻlomlashtirish sayyohlari Ozarbayjon,Turkmaniston,Iroq,Turkiya,Quvayt,Ummon va Pokiston davlatlaridan tashrif buyurgan[19].
Farmatsevtika
tahrirEronda zamonaviy farmatsevtika sanoati 1920-yilda Eronning Paster instituti tashkil etilganida boshlangan. Eron yaxshi rivojlangan farmatsevtika ishlab chiqarish qobiliyatiga ega boʻlishiga qaramasdan mamlakat hali ham xomashyo va ixtisoslashtirilgan dori-darmonlar importiga tayanadi. Farmatsevtika mahsulotlariga oid standartlar Farmakopiya kengashi tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.2019-yil holatiga koʻra,Eron mamlakat ichida zarur boʻlgan xomashyoning 80-90%ni ishlab chiqaradi. Bularga mikroplatalar, omeprazol, tamsulosin gidroxloridi, naltrekson asosi, sitagliptin fosfat va turli oʻlchamdagi pioglitazon kiradi[20].
Eron Sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim vazirligi (SSTTV) butun aholi uchun arzon boʻlgan yetarli miqdordagi xavfsiz, samarali va yuqori sifatli dori vositalaridan foydalanishni taʼminlash salohiyatiga ega.1979-yilgi inqilobdan keyin Eron asosiy maqsadlardan biri sifatida zarur dori-darmonlar va vaksinalarni mahalliy ishlab chiqarish bilan toʻliq generikga asoslangan milliy dori siyosatini qabul qildi.
Garchi aholining 85% dan ortigʻi dori-darmon xarajatlarini qoplash uchun sugʻurta tizimidan foydalansa-da, hukumat dori vositalarining arzonligini oshirish uchun farmatsevtika eksport/importini katta miqdorda subsidiyalashi natijasida giyohvand moddalarni haddan tashqari isteʼmol qilish, haddan tashqari retseptlash va suiisteʼmol qilish kuchayib ketdi. Davlatdagi farmatsevtik opioidlar, masalan, oʻrtacha va kuchli ogʻriqlar uchun kodein ga talab juda oʻsib ketdi. Sog‘liqni saqlash va tibbiyot taʼlimi vazirligi mamlakatdagi farmatsevtika sohasidagi asosiy manfaatdor tomon hisoblanadi.
Dori mahsulotlari
tahrirEron saraton, diabet, infeksiya va depressiyani davolash uchun keng assortimentdagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqargan[21].
Respublika Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mintaqasida vaksinalarni dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilish uchun texnik va ilmiy imkoniyatlarga ega boʻlgan birinchi davlatdir[22]. Eron 2014-yilga kelib vaksina ishlab chiqarishda oʻz oʻzini taʼminlashga erishdi[23]. 2019-yil holatiga koʻra, hukumat odamlar uchun 18 ta asosiy vaksinadan 8 tasini ishlab chiqargan[24]. 2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi davrida Eron bir nechta COVID-19 vaksinalarini [25]ishlab chiqdi, ulardan beshtasi favqulodda foydalanish uchun ruxsat olgan COVIran Barekat,[26]Pasteurcovac,[27] FAKHRAVAC,[28]COVAX −19[29]va Rozi Cov Pars[30].
Eronda MSni davolash uchun chiqarilgan yangi dorilar orasida CinnaGen tomonidan ishlab chiqarilgan interferon beta −1b mavjud[31]. Gamma Immunex pegilatlangan interferon (PEG-IFN)) va regenerativ inson omili VIII Eronda ishlab chiqarilgan boshqa rekombinantlarga asoslangan dorilardir.
Eronlik tadqiqotchilar saratonga qarshi 41 turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqishlari oqibatida xorijdan qimmatbaho saraton dori-darmonlari importi bartaraf etildi[32][33]. Shuningdek,Eron 2012-yil oxirida 24 ta qoʻshimcha biooʻxshash dori vositalarini ishlab chiqardi.
2014-yilda oziq-ovqat va farmasevtika idorasining maʼlumotlariga koʻra, kontrafakt tijorat dori vositalari savdosi mamlakat uchun noqonuniy giyohvand moddalar bilan shugʻullanishdan koʻra koʻproq daromad keltirgani. Ularning aksariyati Pokistondan kirib kelgan. Jinsiy quvvatni oshiruvchi, ortiqcha vazn yoʻqotish, boʻy, soch oʻsishi va bodybuilding uchun soxta dorilar bozorda eng keng tarqalgan mahsulotlar hisoblanadi[34].
Innovatsiya
tahrirEronda 8000 ga yaqin oʻsimlik turlari orasidan 2300 dan ortigʻi shifobaxsh xususiyatlarga ega yoki kosmetik mahsulot sifatida ishlatilinib,[35]100-300 tasi farmatsevtika sanoatida qoʻllanadi[36][37]. Islom Respublikasida dunyodagi dorivor oʻsimliklarning 80%mavjud. Kerakli texnologiyalar va xomashyo yo‘qligi sababli cheklangan miqdorda tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda[37].
Farmatsevtika kompaniyalari
tahrir2010-yilda Eron farmatsevtika sanoatida 92 ta kompaniya faoliyat yuritgan[38].
Social Security Investment 2008-yilda Eronning eng yirik xolding kompaniyasi,22 ta farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatdori va nazoratchisi boʻlib,Eron umumiy dori ishlab chiqarish sanoatining 40% ulushiga egalik qilardi[39].
Yetakchi farmatsevtika kompaniyasi Darou Pakhsh boʻlib, korxona tayyor mahsulot va farmatsevtika xomashyosini ishlab chiqaradi, tarqatadi, mport va eksport qiladi. Darou Pakhshning yillik aylanmasi 400 million AQSh dollarini tashkil etadi va Erondagi har qanday dori-darmon firmasi orasida eng yirik tadqiqot va dori amaliyotiga ega ekanligini daʼvo qiladi. Kompaniya 2004-yil boshida Germaniyaning Biotest AG tibbiyot firmasi bilan plazmaferez qoʻshma korxonasini tuzgan.
Roziy vaktsinalar instituti va Eronning Paster instituti vaksina ishlab chiqish va ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi mintaqaviy obyektlardir[40].
Barkat farmatsevtika guruhi 2016-yilda Eron farmatsevtika bozorining 14% ni taʼminlagan yirik farmatsevtika xoldingi hisoblanadi[41].
Eron farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari hukumatning intellektual mulkni himoya qilish rejimi nochorligi va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yetishmasligi tufayli mamlakatda sohaning ortda qolayotganini taʼkidlab kelishmoqda.
Tibbiy asbob-uskunalar
tahrirTibbiy asbob-uskunalar departamenti ushbu segmentdagi importni nazorat qilish uchun javobgardir, ammo bunday uskunalarni olib kirish va tarqatish bilan asosan xususiy sektor shugʻullanadi. Eron sanoatlashtirish nuqtai nazaridan rivojlanishning dastlabki bosqichlarini bosib oʻtgan va mamlakatda ancha kuchli mahalliy ishlab chiqarish qobiliyati mavjud. Shu sababli, asosiy tibbiy asbob-uskunalar uchun bir nechta mahalliy ishlab chiqaruvchilarni topish murakkab jarayon emas. Bu esa shunga oʻxshash import tovarlarini Eron bozoriga olib kirishni juda qiyinlashtiradi.
Iran MED va Iran LAB Tehrondagi tibbiy va laboratoriya uskunalariga oid asosiy tibbiyot koʻrgazmalaridir[42]. 2009-yilda Eronda taxminan 3,1 milliard dollarlik dori va narkotik mahsulotlar isteʼmol qilingan. Bu 3 yil oldingiga nisbatan 80% ga oshganini ko‘rsatadi. Eronda aholi jon boshiga sintetik dori isteʼmoli 21 dollarni tashkil etib,[38] 2009-yilda Eron Iroq, Afgʻoniston va Rossiya kabi mamlakatlarga 74 million dollarlik „tibbiy mahsulotlar“ eksport qilgan[38].
AQShning Eronga qarshi sanksiyalari tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika vositalariga taalluqli emas, biroq yadroviy bitim bekor qilingani va Tramp maʼmuriyati tomonidan qattiq moliyaviy sanksiyalar qayta kiritilganidan keyin xorijiy farmatsevtika mahsulotlari va diagnostika vositalarini sotib olish juda qiyin boʻldi.
Bozorda xorij mahsulotlarini reklama qilish va sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish bilan 100 dan ortiq Eron kompaniyalari shugʻullanib kelmoqda. Tibbiyot uskunalari haqida gap ketganda,Eron yetuk bozor hisoblanadi. Ushbu sohadagi xalqaro yirik ishtirokchilarning aksariyati Eron bozoriga oʻrnashishgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ayse, Valentine. The Business Year 2013: Iran. London, U.K.: The Business Year, January 2013 — 156-bet. ISBN 978-1-908180-11-7. Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ „Health services and pharmaceuticals to Iran - For Australian exporters - Austrade“. 2009-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Iran Pharmaceuticals and Healthcare Report Q2“. Payvand.com (2009-yil 25-mart). 2011-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 "Iran: Healthcare and Pharmaceuticals Forecast". Economist Intelligence Unit. August 18, 2008.
- ↑ „Iran Health Insurance in Brief“. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ Tober, Diane (2007). "Kidneys and Controversies in the Islamic Republic of Iran: The Case of Organ Sale.". Body and Society 13 (3): 151–170. doi:10.1177/1357034X07082257. Archived from the original on 2015-10-16. https://web.archive.org/web/20151016225209/http://www.researchgate.net/publication/249686375_Kidneys_and_Controversies_in_the_Islamic_Republic_of_Iran_The_Case_of_Organ_Sale.
- ↑ Fry-Revere, Sigrid. The Kidney Sellers:A Journey of Discovery in Iran. Carolina Academic Press, 2014.
- ↑ Movassagh, Hooman (2016). "Human Organ Donations Under the 'Iranian Model': A Rewarding Scheme for U.S. Regulatory Reform?". Indiana Health Law Review 13 (1): 82–118. doi:10.18060/3911.0013.
- ↑ WHO. „The World Health Report 2000“. 2006-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 12-oktyabr.
- ↑ 10,0 10,1 „U.S. Health-Care System Ranks as One of the Least-Efficient“. Bloomberg.com (2016-yil 29-sentyabr). 2018-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Iran Daily - Domestic Economy - 07/02/09“. 2009-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
- ↑ „At a glance: Iran (Islamic Republic of) - The big picture“. UNICEF. 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „UNICEF Iran (Islamic Republic of) - Media centre - Iran's Excellent Primary Health Care System“. www.unicef.org. 2017-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „The best and worst of worlds: Tehran's public hospital wards“. theguardian.com (2015-yil 28-yanvar). 2015-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
- ↑ „Child and Adult Health Care in Iran | Iranian Surgery“ (en-US). iraniansurgery.com (2019-yil 4-may). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Medical tourism in IRAN - Why Iran?“ (en-US). ir Persiatour (2019-yil 30-oktyabr). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
- ↑ „Fars News Agency :: Ahmadinejad Stresses Iran's Growing Medical Tourism Industry“. English.farsnews.ir (2012-yil 17-yanvar). 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iran earned 18.5bn from health tourism last year“. www.payvand.com. 2017-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Iran reports earnings of 19.5bn from health tourism in 2012“. International Medical Travel Journal. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
- ↑ „Special Plans Devised to Counter Sanctions on Iran's Biotech Industries: VP - Science news“. 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ „No. 3644 | Science | Page 8“. Irandaily. 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iran joins world vaccine producers“. Zawya (2010-yil 6-may). 2013-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iran to gain self-sufficiency in vaccine production“. Payvand.com. 2012-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iran able to produce 90% of needed pharma raw materials: VP“ (2019-yil 22-iyul). 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ Mallapaty, Smriti (2021-08-17). "Iran hopes to defeat COVID with home-grown crop of vaccines" (en). Nature 596 (7873): 475. doi:10.1038/d41586-021-02216-z. PMID 34404947. https://www.nature.com/articles/d41586-021-02216-z.
- ↑ „FarsNews Agency Iran Licenses Emergency Injection of Home-Made Anti-Coronavirus Vaccine“. www.farsnews.ir. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Second Iranian coronavirus vaccine gets emergency use license“ (en). Tehran Times (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Iran Authorizes Emergency Use of Third Homegrown Vaccine - Society/Culture news“ (en). Tasnim News Agency. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Iran issues emergency permit for new local Covid-19 vaccine“. Mehr News Agency (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
- ↑ „مجوز مصرف اضطراری داوطلبانه واکسن کووپارس صبح امروز صادر شد“ (fa). ایسنا (2021-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-noyabr.
- ↑ „No. 3827 | Front page | Page 1“. Irandaily (2010-yil 15-noyabr). 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iranian researchers produce new medicine for cancer treatment“. Payvand.com. 2011-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iranian scientists produce new drugs“. Payvand.com. 2012-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-aprel.
- ↑ „Fake commercial drugs more profitable than narcotics in Iran“. www.payvand.com. 2014-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Iran to export Alzheimer drug to France“. mehrnews.com (2014-yil 14-iyun). 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Iran's share of worldwide medicinal plant trade barely 2%“. Mehrnews.com. 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ 37,0 37,1 „No. 3632 | Domestic Economy | Page 4“. Irandaily. 2012-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ 38,0 38,1 38,2 „Iran Investment Monthly Dec 2010.pdf“. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Resources - Pharmaceuticals“. Atieh Bahar (2008-yil 20-oktyabr). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ „Iran - Countries - NTI“. www.nti.org. 2015-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
- ↑ „Iran's Giant Pharma Holding Listed on TSE“ (En). Financial Tribune (2016-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
- ↑ „Iran Daily - Science - 06/11/09“. 2009-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.