Ertuğrul Gazi masjidi
Ertuğrul Gazi masjidi yoki Ärtogrul Gazy masjidi Turkmanistonning Ashxobod shahrida joylashgan. Toʻrtta minora va markaziy gumbazga ega boʻlgan ushbu masjid Ashxobodning eng koʻzga koʻringan diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, nozik vitraj oynalari bilan bilan bezalgan hashamdor ichki bezaklarga ega.
Masjid | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Hilmi Şenalp |
Binokorlik sanasi | 1998 yil |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Qurilish materiali | marmar |
Holati | amaldagi |
Ertuğrul Gazi masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrir1990-yilda Turkmaniston mustaqillikka erishgach, 1998-yilda Ertuğrul Gazi masjidi ochiladi. Masjid Usmonli imperiyasining asoschisi hisoblanmish Usmon I ning otasi Ertoʻgʻrul nomi bilan atalib, meʼmor Hilmi Şenalp tomonidan qurilgan[1].
Ushbu masjid qurilishi jarayonlarida tasodifiy ravishda koʻngilsizliklar roʻy beradi va bir nechta oʻlimlar sodir boʻladi. Aynan shu sababdan ham odamlar orasida masjid laʼnatlangan degan fikrlar paydo boʻladi[2].
Tavsifi
tahrirErtuğrul Gazi masjidi asosan oq marmardan bunyod etilgan boʻlib, bino Istanbulning Ahmadiya masjidini eslatadi. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 nafargacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Rizvi, Kishwar. The Transnational Mosque: Architecture and Historical Memory in the Contemporary Middle East (en). University of North Carolina Press, 2015 — 61–65-bet. ISBN 978-1-4696-2117-3. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
- ↑ Proudman, Simon. Turkmenistan: Far Flung Places Travel Guide (en). Far Flung Places, 2017 — 116–117-bet. ISBN 978-1-5466-7840-3. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
Havolalar
tahrir- Ashxobod Ertugʻrul Gazi masjidi va madaniyat markazi, Hassa arxitekturasida rasm galereyasi