Eshboy Turdiqlov — Pedagogika fanlari doktori, professor. Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi „Pedagogika va psixologiya va pedagogik menejment kafedrasi“ asoschilaridan biri. „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ (1987-yil)[1].

Eshboy Turdiqulov
Tavalludi 25-avgust 1936-yil (1936-08-25) (87 yosh)
Taʼlimi Toshkent Davlat Universiteti
Kasbi Oʻqituvchi

Biografiyasi tahrir

Turdiqulov Eshboy Otaqulovich 1936-yil 25-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Machay qishlog'ida tavallud topgan. 1956-yilda oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan. Soʻngra Toshkent Davlat Universitetining (Oʻzbekiston Milliy Universiteti) fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan.

Ish faoliyati tahrir

1962-yilda universitetni tamomlab Tojikiston SSR Fanlar akademiyasiga qarshli fizika-matematika boʻlimida laborant boʻlib ishlagan. Oradan biroz vaqt oʻtib Dushanbe ob xavo boshqarmasiga injimer-sinoptik lavozimiga oʻtkzilgan. Keyinchalik Surxondaryo viloyatiga qaytib maktabda dars bergan. Eshboy Turdiqulov 1967-yildan 1972-yilga qadar Oʻzbekiston pedagogika fanlariilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, labaratoriya mudiri, fizika va astronomiya oʻqitish sektori mudiri lavozimlarida ishlagan. 1972-yilda „Maktabda meteorologik hodisalarni oʻrgatish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasni himoya qilgan.

Ilmiy faoliyati tahrir

Eshboy Turdiqulov 100 ga yaqin maqolalar muallifi. Uning muallifligidagi maqolalar Oʻzbek sovet ensiklopediyasida „Sovet maktabi“ va „Fizika v shkole“ jurnallarida chop etilgan. Olim 10 ta ilmiy metodik qoʻllanma va monografiyalar ham yozgan. Turdiqulov qoʻl ostida 12 nafar talaba nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim oʻzining fizikani oʻqitish metodikalari haqidagi maʼruzalai bilan koʻplab anjumanlarda ishtirok etgan. 1971-yildan buyin Eshboy Turdiqulov rahbarligida „Ilmiy asarlar toʻplami“ chop etish boshlangan. 1982-yil Moskvada „Tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarga ekologik taʼlim berish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Manbalar tahrir