Samarqandga yoʻl olgan eshelon

(Eshelon na Samarkanddan yoʻnaltirildi)

„Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ (ruscha: „Эшелон на Самарканд“) – tatar yozuvchisi Guzel Yaxinaning 2021-yil mart oyida chop etilgan romani. Kitobda Volga daryosi boʻyida yashaydigan va ochlikdan azob chekayotgan besh yuz nafar bolani qutqarish haqidagi voqealar yoritilgan[1].

Samarqandga yoʻl olgan eshelon
Muallif(lar) Guzel Yaxina
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til ruscha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2021-yil
Nashriyot AST
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2024-yil
ISBN 978-5-17-135479-4
Avvalgisi Deti moi

Syujeti

tahrir

Romanning voqealari 1923-yilda och Volgaboʻyi bolalarini janubga olib ketayotgan „Dzerjinskiy“ poyezdlaridan birida sodir boʻladi[2][3]. Qozondan Samarqandga yoʻl olayotgan eshelonga fuqarolar urushining yosh va koʻngli boʻsh faxriysi Deev hamda prinsipial va qatʼiyatli „bolalar komissari“ Belaya rahbarlik qiladi. Kitob oʻzining dinamik syujeti bilan ajralib turadi. Yaxinaning oʻzi bir intervyusida uni „qizil vestern“ deb atagan[4].

Muallifning ta’kidlashicha, roman hujjatli manbalarga asoslangan: tarixchilarning asarlari, dehqonlarning xatlari, ChKning ichki idoraviy yozishmalari, bolalar uylari va qabulxonalaridan olingan hujjatlar, gazetalar, xotira kitoblari, shuningdek, bevosita uysiz bolalar bilan ishlagan, ochlikka qarshi kurashgan va aholini ko‘chirish bilan shug‘ullangan kishilarning esdaliklari[5][6].

Nashr etilishi va tanqidiy qabuli

tahrir

„Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ asari ilk bor 2021-yil 9-martda chop etilgan[7]. Yaxina allaqachon Big Book va Yasnaya Polyana kabi nufuzli mukofotlar sovrindori boʻlishga ulgurgani sababli, uning ushbu romani yilning eng kutilgan nashrlaridan biri boʻlgan[8][9][10]. Kitob nashr etilgandan soʻng, sharhlovchilar Yaxinaning bundan avvalroq nashr etilgan ikkita romaniga nisbatan tilda yaxshi tomonga oʻzgarishlarni, hikoyaning umumiy xarakterini va 1920-yillardagi sovet nasrining bir qator asarlariga havolalar mavjudligini qayd etishgan[11]. „Eshelon“ hatto Yelena Kostyukovichni „oʻzining mukammalligi bilan hayratda qoldirgan“[12]. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, romanning kamchiliklari och bolalar mavzusining haddan tashqari ekspluatatsiyasi va koʻplab kichik qahramonlar obrazlarining yaxshi yozilmaganligidir[13]. Muallifning tarixiy voqeliklarni bilmasligiga eʼtirozlar (Volga boʻyidagi ocharchilik 1922-yil kuzida tugagan) va plagiatda ayblovlar ham mavjud: Samara oʻlkashunosi, sotsiologiya fanlari nomzodi Grigoriy Sidenkov kitob matnini oʻqishdan oldin „Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ – uning blogi materiallari jamlanmasi ekanligini aytib oʻtgan[14][15][16][17][18]. 2021-yil 14-mart kuni Yaxina „Novaya gazeta“ nashriyotida oʻzi foydalangan manbalar roʻyxatini taqdim etgan holda ushbu ayblovni rad etgan[19]. 2022-yil dekabr oyida roman „Big Book“ tomonidan taʼsis etilgan „Oʻquvchilar tanlovi“ mukofotiga sazovor boʻlgan[20].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „«Не получается писать о современности»: с амурчанами пообщалась Гузель Яхина“ (ru). ampravda.ru (2020-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  2. Наталья Лебедева. „Новый роман Гузель Яхиной «Эшелон на Самарканд» выйдет в марте“ (ru). Российская газета (2021-yil 1-fevral). 2021-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  3. Максим Мамлыга. „«Эшелон на Самарканд»: фрагмент нового романа Гузель Яхиной о страшном голоде в Поволжье 1920-х годов“ (ru-RU). Журнал Esquire (21 февраля). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  4. „Каким получился новый роман Гузель Яхиной «Эшелон на Самарканд»“. 2021-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  5. „Гузель Яхина ответила на обвинения в плагиате“ (ru). РИА Новости (2021-yil 11-mart). 2021-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  6. «Голод — главный, невидимый герой». Гузель Яхина — об «Эшелоне на Самарканд» и литургии в холерном бараке ( at www.pravmir.ru Error: unknown archive URL 20210415015551 sanasida arxivlangan) // pravmir.ru, 3 апреля 2021
  7. „Гузель Яхина выпустит новый исторический роман“ (ru-RU). Издательство AST. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  8. Noviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“ viydet v marte
  9. Noviy roman Guzeli Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“ viydet vesnoy
  10. „«Эшелон на Самарканд» – новый роман Гузель Яхиной“ (ru). Радио Sputnik (2-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  11. „Eshelon na Samarkand“ kak ispitanie. Kakim okazalsya noviy roman avtora „Zuleyxi…“
  12. „Porajaet sovershenstvom“. Vishel noviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“
  13. Kakim poluchilsya noviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“
  14. Andoza:Cite lj
  15. „Гузель Яхину обвинили в плагиате и незнании истории за «Эшелон на Самарканд». Писательница ответила“. 2021-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  16. Андрей Сидорчик. „Сомнительный «Эшелон». Автора «Зулейхи» заподозрили в плагиате“. aif.ru (2021-yil 11-mart). 2021-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  17. Борисова О. «Путает источники, искажает факты»: самарский историк обвинил писательницу Гузель Яхину в плагиате из-за книги «Эшелон на Самарканд» ( at www.samara.kp.ru Error: unknown archive URL 20211102200120 sanasida arxivlangan) // «Комсомольская правда» (Самара), 12.03.2021.
  18. Григорий Циденков и Егор Яковлев. „Мифы Гузель Яхиной: реальная история эшелона на Самарканд“. Цифровая история. Яковлев, Егор Николаевич (2021-yil 26-mart). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  19. Guzel Yaxina: „Ya – dobrosovestniy issledovatel“ // Новая газета, 14.03.2021
  20. „Павел Басинский стал лауреатом премии «Большая книга»“ (ru). РИА Новости (2022-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.