Ethel Lilian Voynich

(Etel Voynichdan yoʻnaltirildi)

Etel Lilian Voynich (1864. 11.5, Kork, Irlandiya—1960. 28.7, Nyu-York) — ingliz adibasi. Berlindagi oliy musiqa maktabini tugattan (1885). 1887—89-yil larda Rossiyada yashagan. 1920 y dan AQShda. Italiya xalq ozodlik harakati (1830—40) ga bagʻishlangan „Soʻna“ (1897) romani yozuvchiga xalqaro shuhrat keltirdi. Voynichning „Jek Reymond“ (1901), „Oliviya Latam“ (1904), „Uzilgan doʻstlik“ (1910), „Poyabzalingni yech“ (1945) romanlari Italiya, Rossiya, Polsha xalqlarining inqilobiy kurashi haqida. „Soʻna“ romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil