Etihad Stadium

Angliya, Manchesterdagi stadion

«Etihad» stadioniAngliyaning Manchester shahridagi oʻyingoh. Manchester Cityning uy stadioni. Angliya Premyer-ligasidagi toʻrtinchi va Buyuk Britaniyadagi sakkizinchi yirik stadion.

Etihad Stadium
Joyi Manchester, Angliya bayrogʻi Angliya
Qachon qurilgan 2002-yil
Qachon ochilgan 2002-yil 25-iyul
Egasi Manchester shahar kengashi
Yuzasi oʻt (Desso GrassMaster)
Inshoot narxi £112 mln
Meʼmor Arup Group
KSS Design Group
Populous
Hajmi 55.097
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Manchester City

Stadionning tamal toshi 1999-yil dekabr oyida bosh vazir Anthony Blair tomonidan qoʻyilgan boʻlib, qurilish ishlari 2000-yil yanvar oyida boshlangan. Futbol stadioni sifatida 2003-yil 10-avgustda ochilgan.

„Manchester Siti“ stadion nomini oʻzgartirish huquqi bilan birglaikda 250 yillik ijara shartnomasini imzolagan. 2011-yilning iyul oyida klub bosh homiysi, Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasi bilan 10 yillik shartnoma imzolagani doirasida stadion nomini Etihad deb oʻzgartirdi.

2014-yil yanvar oyida rekonstruksiya boshlandi, shundan soʻng stadion 55 000 tomoshabinni sigʻdira boshladi[1]. Rekonstruksiyadan soʻng, stadion regbi boʻyicha 2015-yilgi Jahon kubogi oʻyinlari oʻtkaziladigan arenalardan biri aylandi. Kelajakda darvoza ortida qoʻshimcha yaruslar qurish rejalashtirilgan. Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichidan soʻng stadionning umumiy sigʻimi 62.170 kishini tashkil qilishi rejalashtirilmoqda[2]. Tomoshabinlar tashrifi boʻyicha rekord 2015-yilning 26-dekabrida oʻtkazilgan “Sanderlend”ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan edi - oʻshanda tribunada 54.523 tomoshabin oʻtirgan edi.

Stadion strukturasi tahrir

 
Etihadning tashqaridan koʻrinishi, 2015-yil

Tribunalar tahrir

Aksariyat stadionlar singari, Etihad tribunalari ham dastlab ufq tomonlari nomlari bilan atalgan edi. „Manchester Siti“ arenaga koʻchib kelgandan soʻng vaziyat oʻzgardi. Klub muxlislari tribunalar nomida jamoa afsonalari va ularning eski stadioni - Meyn Roud xotirasini abadiylashtirishga qaror qilishdi. Bu tashabbusni klub rahbariyati, xoʻjayinlari ham qoʻllab-quvvatladi. Natijada, 2004-yilgi ovoz berish natijalariga koʻra tribunalar quyidagi nomlarga ega boʻlishdi:

  • Gʻarbiy tribunaga Manchester Sitining sobiq futbolchisi Colin Bellning nomi berilgan;
  • Shimoliysi Family Stand deb ataldi - bu oilaviy tribuna hisoblangan;
  • Sharqiy qismi muxlislarga moʻljallangan va Kippax deb ataladi, bu nom Meyn Rouddagi shunga oʻxshash tribunadan olingan.
  • Janubiy - South Stand - mehmon jamoa muxlislari uchun boʻlgan.

Quyosh nuri maysazorga iloji boricha yaxshiroq yetib borishi uchun stadion tomining bir qismi shaffof holga keltirilgan. Stadion 218 ta yorugʻlik chiroqlari bilan yoritiladi.

Transporti tahrir

«Etihad» stadioni Manchesterning deyarli markazida joylashgan. Pikkadilli (shahar vokzali)dan futbol arenasigacha piyoda 40 daqiqada borish mumkin (3.5 km), ammo koʻpchilik muxlislar metrodan foydalanishni afzal koʻrishadi. Bu esa 2 barobar kamroq vaqt talab etadi.

Asosiy voqealar tahrir

2002-yilda stadion Hamdoʻstlik oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

2004-yil 1-iyun kuni oʻyingohda Angliya va Yaponiya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2005-yilda Angliya ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Stadion guruh bosqichining bitta Angliya – Finlandiya oʻyiniga mezbonlik qildi.

2006-yil 4-oktabrda Manchester shahri 2007/2008-yilgi UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilishi eʼlon qilindi. 2008-yilning 14-may kuni stadionda UEFA kubogi turniri tarixidagi 50-final boʻlib oʻtdi. Unda Rossiyaning «Zenit» va Shotlandiyaning «Reynjers» klublari uchrashdi. „Zenit“ oʻz tarixida birinchi marta chempionlik shohsupasiga koʻtarildi.

2015-yilning yozida stadion bitta tribunaga kengaytirilib, salkam 8.000 oʻrindiq qoʻshildi.

2015-yilda stadionda regbi boʻyicha Jahon kubogi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Manbalar tahrir