Atsetilen
Atsetilen, etin, C2H2 — uch bogʻli toʻyinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol.m. 26,04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 81° (1277 mm sim. ust. da). Qaynash temperaturasi — 83,8°. Toza A. xidsiz. A. yuqori bosim ostida qizdirilsa portlaydi, havo bilan aralash-masi ham portlashi mumkin. A. kalsiy karbidga suv taʼsir ettirib olinadi. U yuqori temperaturada chala oksidlab va elektr kre-king yordamida metandan (tabiiy gazdan) ham hosil qilinadi. A. kimyoviy reaksiyalarga juda yaxshi kirishadi. U birikish reaksiyasiga kirishganda, reaksiya ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda eti-len qatoriga kiruvchi birikmalar hosil boʻlib, ikkinchi bosqichda bular toʻyingan birikmalarga aylanadi. Ani xlorlash reaksiyasidan foydalanib, sanoatda koʻp ishlatiladigan geksaxloretan va trixlo-retilen kabi muhim birikmalar olinadi. A.ga simob tuzlari ishtirokida suv molekulasining birikishi (qarang Kucherov reaksiyasi) natijasida atsetaldegid hosil boʻladi yoki A. katalizator ishti-rokida polimerlansa, kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo vazifasini oʻtaydigan vinilatse-tilen olinadi. A. toʻyinmagan birikma boʻlishiga qaramay, oʻrin almashinish reaksiyalariga ham kirishishi mumkin. A. 1836-yilda kashf qilingan. Uni ilk bor 1862-yil fransuz kimyogari M. Bert-lo kumir va vodoroddan sintez qilgan. Nemis kimyogari F. Vyoler 1862-yilda Ani kalsiy karbiddan kuyidagi reaksiyaga asosan olish mumkinligini koʻrsatib berdi. Bu usul hozir ham texnik usullardan biri sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. Sanoatda A. olishning muhim usuli tabiiy gazlarni termik krekinglashdir. Uni elektrokreking usu-li bilan metanni volta yoyi orqali (1600° da) utkazib olish ham mumkin. A. yoni-shidan koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi uchun metallarni payvandlashda va har xil mahsulotlarni sintez qilishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |