Eugene Allen Noble
Eugene Allen Noble (5-mart 1865-yil — 28-iyun 1948-yil) — amerikalik akademik, ruhoniy. U uchta oliy taʼlim muassasasilarda rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan. Centenary universitetida 1902-yildan 1908-yilgacha, Goucher kollejida 1908-yildan 1901-yilgacha va Dickinson kollejida 1911-yildan 1914-yilgacha[1]. Shuningdek, Noble Juilliard maktabida rahbar boʻlib ishlagan[2].
Eugene Allen Noble | |
---|---|
Eugene Allen Noble portreti | |
Tavalludi |
5-mart 1865-yil Brooklyn (New York) |
Vafoti |
28-iyun 1948-yil (83 yoshda) New York (shahar) |
Fuqaroligi | AQSh |
Ish joylari | Dickinson kolleji, Goucher kolleji, Centenary universiteti |
Taʼlimi | Trinity School (New York shahri), Wesleyan universiteti, |
Yoshligi va taʼlimi
tahrirNoble 1865-yil 5-martda Nyu-york shahrining Bruklin tumanida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Otasi William Richard Noble ruhoniy va onasi Margaret J. Hays. U dastlab Nyu-York shahridagi Trinity maktabida, keyin Wesleyan universitetida bakalavrni falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqib, 1891-yilda tamomlagan[3]. Kollejni tugatgandan soʻng, Noble Illinois shtatining Evanston shahrida joylashgan Garret-Evangelist diniy muassasasida tahsil oladi[4]. Noble 1892-yilda birinchi xotini boʻlgan Lillian White Osbornga uylanadi. Shuningdek, u Phi Beta Kappa va Alpha Delta Phi kabi nufuzli jamiyatlarning aʼzosi boʻlgan[1][5][6].
Faoliyati
tahrirRuhoniy
tahrirOʻqishni tugatgandan keyin, Noble ruhoniy etib tayinlanadi va Nyu-Yorkning sharqiy qismidagi cherkovda faoliyatini davom ettiradi. Noble ikkita cherkovda xizmat qilgan, biri 1891-yildan 1895-yilgacha Connecticutda va ikkinchisi 1895-yildan 1897-yilgacha Bruklinda. Keyinchalik bir muddat Nyu-Yorkdagi Bruklin kasalxonasida bosh shifokor yordamchisi boʻlgan.
Akademiya
tahrir1902-yilda Noble New Jersey shtatidagi Hackettstown shahrida joylashgan, oʻsha paytda Centenary Collegiate Institute nomi bilan mashhur boʻlgan Centenary universiteti rahbari etib tayinlangan. Noble olti yil davomida u yerda faoliyatini davom ettirgan.
1908-yilda Noble ilgari ayollar uchun ixtisoslashtirilgan kollej keyinchalik Goucher kolleji sifatida oʻzgargan muassasada ishlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Eugene Allen Noble (1865-1948) | Dickinson College“ (en). archives.dickinson.edu. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Music: Juilliard Improvement“. Time (ingliz (Amerika)). 1927-11-28. ISSN 0040-781X. Qaraldi: 2018-09-09.
- ↑ Wesleyan University Publications ... (en). Elihu Ceer, Stationer and Steam Printer, 1916 — 124, 170, 187-bet.
- ↑ „Reno Gazette-Journal from Reno, Nevada on June 29, 1948 · Page 3“ (en). Newspapers.com. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
- ↑ Phi, Alpha Delta. Catalogue of the Alpha Delta Phi Society (en). Executive Council of the Alpha Delta Phi Fraternity, 1899 — 515-bet.
- ↑ „The history of Goucher College“. archive.org. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.