Goucher kolleji (talaffuzi: gowchər) — Maryland shtatining Towson shahrida joylashgan xususiy liberal sanʼat kolleji. 1885-yilda Baltimoreda boʻlib oʻtgan konferensiyada John Goucher va Metodist yepiskop cherkovining mahalliy faollari tomonidan asos solingan[3]. Kollejning moliyaviy mablagʻi — $191.4 million (2020)[4]. Tarixiy joylar milliy roʻyxatidagi raqami — 07000885[5]. Goucher 1986-yilga qadar faqat ayollar uchun ixtisoslashtirilgan kollej boʻlgan. Undan keyin nafaqat ayollar, balki erkaklar ham ushbu kollejda taʼlim olishi mumkin boʻlgan[6]. 2023-yil holatiga koʻra, Goucher kollejida 31 ta mutaxassilik boʻyicha 1 100 ta bakalavr va 39 ta yoʻnalish boʻyicha 900 ta aspirantlar bor[7][8]. Bundan tashqari, Goucher kollejida tahsil olgan talabalarga mutaxassislikka oid sertifikatlar taqdim etiladi va bir qancha taʼlim dasturlarida ishtirok etishlari ham mumkin[9][10].

Goucher kolleji
Baltimore ayollar kolleji (1885 — 1910)

Kollej logotipi
Shiori „Gratia et Veritas“ (lotin) (Marhamat va haqiqat)
Turi Xususiy universitet
Asos solingan sanasi 1885 (138 yil avval) (1885)
Prezidenti Kent Devereaux
Fakultetlar 203[1]
Bakalavriat 1,100[2]
Aspirantura 900[2]
Manzili
1021 Dulaney Valley koʻchasi, Towson (Maryland)
Kampusi 287 akr[2]
Veb-sayti goucher.edu

Dastlab, Goucher kollejining kampusi Baltimore shahrining markazida joylashgan. Lekin 1953-yilga kelib Towson shahrining markaziga yaʼni hozirgi binosiga koʻchirilgan[11]. Kollej Landmark konferensiyasining aʼzosi. Shuningdek, NCAA Division III sport musobaqalarida, jumladan, tennis, futbol, volleybol, basketbol va ot sporti kabilarda ham ishtirok etib keladi. Goucher kolleji Qoʻshma Shtatlardagi barcha bakalavrlarning chet mamlakatlarda taʼlim olishini qoʻllab quvvatlaydigan kam sonli kollejlardan biri. Amerikalik yozuvchi Loren Popening „Colleges That Change Lives“ nomli kitobida eng yaxshi 40 ta kollejdan biri sifatida keltirib oʻtilgan[12][13].

Manbalar

tahrir
  1. „Goucher College“. National Center for Education Statistics (2019). 2016-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Facts & Stats“. Goucher College. Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  3. https://archive.org/details/historyofgoucher00knip page 10
  4. As of June 30, 2020. U.S. and Canadian Institutions Listed by Fiscal Year 2020 Endowment Market Value and Change in Endowment Market Value from FY19 to FY20 (Report). National Association of College and University Business Officers and TIAA. February 19, 2021. https://www.nacubo.org/-/media/Documents/Research/2020-NTSE-Public-Tables--Endowment-Market-Values--FINAL-FEBRUARY-19-2021.ashx. Qaraldi: February 20, 2021. 
  5. „NPGallery Digital Asset Management System“. npgallery.nps.gov. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  6. Pressley, Trustees of Md School Sue Anne. „Goucher College To Admit Men“ (en-US) (1986-yil 11-may). 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  7. „Majors, Minors & Programs“. Goucher College (2023-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  8. „Facts and Stats“. Goucher College (2023-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  9. „Professional Development Certificate“ (en). Goucher College. 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  10. „Post-Baccalaureate Premed Program“ (en). Goucher College. 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  11. Musser, Frederic O.. The History of Goucher College, 1930–1985. Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1990 — 70-bet. ISBN 0-8018-3902-5. 
  12. „All Abroad! Overseas Study Required at Goucher College [The Chronicle of Higher Ed - International Division“]. international.wisc.edu (2008-yil 16-iyun). 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.
  13. Loren, Pope. Colleges That Change Lives, 4th, New York: Penguin Books, August 28, 2012 — 71–78-bet. ISBN 9780143122302. OCLC 775417740.