Evdialit
Evdialit (yun. yeisNa1u1o5 — yaxshi eriydigan) — halqali silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, sirkonosilikat. Kimyoviy tarkibi №2Sa6Gʻe32gz[§1309]2[519024(ON)z]2; Tarkibida 2YU212—14,5%, nodir yer elementlari (Tg2037%) aralashma holida boʻladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Donador massalar holida uchraydi. Rangi pushtiqizil, pushti, qizilqoʻngʻir, sariq. Yarim shaffof. Qattiqligi 5—6, zichligi 2,7—3,1 g/sm3. Moʻrt. Shishadek yaltiroq. Nefelinli siyenitlar, siyenitpegmatitlar, albitegirinli metasomatitlarda uchraydi. Evdialit Skandinaviya, Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim orol, Tuva, Krasnoyarsk oʻlkasi, Sayan togʻlari), Grenlandiya, Madagaskar o., Kanada va boshqalar joylarda bor. Evdialit qora metallurgiya va olovbardosh sopol ishlab chiqarish va boshqalar sohalarda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |