Everest va ummon

oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Everest va ummon“oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2015-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. 2017-yil ayni nashriyotda toʻldirilgan ikkinchi nashri chop etilgan.

Everest va ummon
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2015
2017 (ikkinchi nashr)
Sahifalar soni 392 (ikkinchi nashr)
ISBN ISBN 978-9943-28-469-2 (ikkinchi nashr)

Toʻplamga muallif 2015-2016-yillarda yozgan sheʼrlar kiritilgan. Xususan, ikkinchi nashrdan Oripov umrining oxirgi oylarida AQSHning Xyuston shahrida yozgan sheʼrlari oʻrin olgan.

Toʻplam masʼul muharriri – Alisher Nazar. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Joʻrayev, A. Boboniyozov – muharrirlar, B. Zufarov – rassom-dizayner, T. Xaritonova – texnik muharrir, D. Xolmatova – kichik muharrir, M. Ishonxonova – musahhih, G. Qulnazarova – kompyuterda tayyorlovchi. Ikkinchi nashr adadi – 3 000 nusxa.