Evklaz
Evklaz (yun. — yaxshi, yengil va — buzilish, maydalanish) — orolli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A12Ve2[8YU4]2(ON)2, aralashmalari: Oye, Mp, Si, baʼzan U, V, 8p R. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, sutrangoq, och sariq, och havo rang, yashil. Shishasimon yaltiraydi; shaffof yoki yarim shaffof. Qattiqligi 7,5, zichligi 3—3,1 g/sm3. Odatda, flyuoritfenakitbartrandit formatsiyali gidrotermal konlarda uchraydi. Muskovit, kvars, flyuorit, fenakit, bertrandit bilan assotsiatsiyada boʻlib, baʼzan granitli pegmatitlarda hosil boʻladi. E.ning yirik shaffof kristallari 1sinf qimmatbaho toshi hisoblanadi. Berill rudalarining eng asosiy komponentlaridan biri. Asosiy konlari Kolsva (Shvetsiya), AltoMomos (Ekvador), Kashmir (Hindiston), Rossiya Federatsiyasi (Saxa, Baykalorti, Janubiy Ural), Oʻrta Osiyoda mavjud. Oʻzbekistonda Sargardon volfram konida topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |