Evnoxoidizm
Evnoxoidizm (yun. eipisoz - bichilgan odam), erkaklarda — hezalaklik, ayollarda — erkakchalishlik — jinsiy bezlarning tugʻma kamchiligi yoki jarohatlanishi, yoxud gipofizdan gonadotrop gormonlar kam chiqishi sababli roʻy beradigan kasallik. Erkaklarda koʻproq uchraydi. Yevnuxoid gigantizm va evnuxoid semirish (yogʻ bosish) degan ikki turi bor. Odatda, aralash xili uchraydi. Belgilari: boʻy oʻsib ketadi, skelet nomutanosib oʻsadi (qoʻl-oyoq, ayniqsa oyok uzun boʻladi), suyaklar ingichka, elka tor, chanok keng (ayollar chanogʻi tor), muskullar boʻsh (ilvillagan) boʻladi. Koʻkrak, qorin va sonni yogʻ bosadi, jinsiy bezlar etilmaydi, ikkilamchi jinsiy belgilar uncha bilinmaydi, kov va koʻltikda jun oʻsmaydi, ovoz ingichka (bolalarga xos), jinsiy his susaygan boʻladi. Jismoniy mehnatga yaraydi, ammo sustkash, zehni past boʻladi. Oʻtmishda bolaligida bichilganlar (gʻulomlar)da ham shunga oʻxshash hodisa kuzatilardi. Bemorlar genetik va endokrinolog nazoratida jinsiy gormonlar bilan uzoq davolanishi kerak[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |