Ewha ayollar universiteti – Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan xususiy ayollar tadqiqot universitetidir. U 1886-yil 31-may sanasida Ewha Haktang tomonidan asos solingan. U maxshur Harvard universiteti bilan hamkorlik qiladigan Janubiy Koreyadagi yagona oliy taʼlim muassasasidir[1].

Ewha ayollar universiteti



Asl nomi Ewha ayollar universiteti koreyscha: 경희대학교
Shiori Haqiqat,ezgulik,goʻzallik
Asos solingan 1886 (137 yil avval) (1886)
Oʻquv yurti turi xususiy
Prezident Yoon Suk-yeol
Rektori Eun Mee Kim
Talabalari 20330
Bakalavriat 14812
Magistratura 5518
Manzili Seodaemun, Seoul, South Korea
Vebsayti http://www.ewha.ac.kr/

Koordinatalari: 37°33′45″N 126°56′42″E / 37.56250°N 126.94500°E / 37.56250; 126.94500 G O

Tarixi tahrir

Universitet tarixi Meri Skrantonning „Ehwa Haktang“ koreyscha: 이화학당 asariga borib taqaladi. 1886-yil 31-mayda bitta talaba bilan ochilgan qizlar uchun missionerlik maktabi „Nok guli“ degan maʼnoni anglatuvchi Ewha nomi bilan ataladi. Nok gulining tasviri maktab logotipiga ham kiritilgan. Dastlab, universitet 1910-yilda kollej kurslarini,1925-yilda esa ayollar uchun kasbiy kurslarni taqdim qila boshladi. Hozirda 1958-yilda tashkil etilgan Ewha qizlar oʻrta maktabi deb nomlanuvchi maktab ham mavjud[2]. Ikkala muassasa ham bir xil shiorga ega va logotiplarida „nok gullari“ tasviri mavjud.

1945-yil 15-avgustda Janubiy Koreya mustaqillikka erishganidan soʻng, kollej universitet maqomini olish uchun hukumat ruxsatini oldi. Bu rasman tashkil etilgan birinchi Janubiy Koreya universiteti edi.

Hamkorlik tahrir

Universitet 64 mamlakatdagi 830 ga yaqin universitetlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan, Avstraliya Milliy universiteti, Kornel universiteti,Gent universiteti,Harvard universiteti, Indiana universiteti, London qirollik kolleji,Mount Allison universiteti, Nanyang texnologik universiteti, Ogayo shtati universiteti,Pekin universiteti, Kuala-Lumpur universiteti, Kaliforniya universiteti, Santa Kruz, Britaniya-Kolumbiya universiteti, Edinburg universiteti, Gonkong universiteti, Janubiy Karolina universiteti, Vaseda universiteti va Kaliforniyadagi Mills kolleji bilan toʻgʻridan-toʻgʻri almashinuv dasturlari mavjud.

Universitet reytinglari
Global — Umumravishda
Jah.Uni.Ak.Reyt Jahon miqyosida https://www.shanghairanking.com/rankings/arwu/2023 501-600 (2023)
QS Jahon miqyosida[3] 346 (2023)

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir