Exnaton, Amenxotep IV, Amenofis IVQadimgi Misrning (e.a. 1375-1336) XVIII sulolaning IX firʼavni (miloddan avvalgi 1368—1351), Amenxotep III oʻgʻli. Fiva kohinlari va eski zodagonlarning qudratini sindirish maqsadida diniy islohchi sifatida chiqib yangi davlat dini — maʼbud Atonga sigʻinishni joriy etgan hamda Axetaton shahri (hozirgi Amarna)ni davlat poytaxti qilgan, oʻziga Exnaton (aynan "Atonga xush keluvchi") ismini qabul etgan.

Exnaton

Amenxotep hokimligi boshlaridagi holatTahrirlash

18 sulola davri oxirlarida Amenxotep III hokimligida koʻplab boyliklar kohinlar qoʻlida boʻladi. Shu bilan birga siyosat ham ularga bogʻliq boʻladi. Ularga qarshi uning oʻgʻli Amenxotep IV mamlakatda keskin oʻzgarishlar olib boradi.

Exnaton islohotlariTahrirlash

Atonga sigʻinishning kiritilishiTahrirlash

Hokimlikni batamom qoʻlga olish maqsadida Amenxotep IV barcha Misr xudolarini yolgʻon deb, haqiqiy xudo Aton (quyosh xudosi) deb tan oladi.