Ey, Güzel Qırım (tatarcha: Эй, гузель Къырым) – Qrim tatarlariga oid mashhur xalq qoʻshigʻi. Qoʻshiq turli davrlarda buyon farqli versiyalarda kuylangan. Xususan, Qrim tatarlaridan boʻlgan xonandalarning konsertarida doimiy oʻrin egallab keladi[1].

Jamalaning „1944“ qoʻshigʻining kuylash jarayonidan lavha. Eurovision qoʻshiq tanlovi 2016.

Tarixi

tahrir

Qoʻshiq soʻzlari vatanidan ayrilgan Qrim tatarlarining taqdiri haqida hikoya qiladi. Qoʻshiqning Qrim tatarlarining surgunidan soʻng anonim tarzida yozib kuylangani aytiladi. Baʼzi manbalar koʻra, qoʻshiq ilk bor 1968-yilda Alushtadan Oʻzbekiston SSRga surgun qilingan Fatma Halilova va Şurki Osmanov tomonidan Andijonda kuylangani keltirib oʻtilgan[2].

Eurovisionda

tahrir

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2016 tanlovi davomida Ukraina nomidan qatnashgan Jamalaning „1944“ qoʻshigʻi uchun „Ey, Güzel Qırım“ soʻzlaridan foydalanilgan. Shuningdek, qoʻshiqchi tanlov gʻolibi deb topilgan[3].

Qoʻshiq matni

tahrir
Aluştadan esken yeller
Yüzüme urdı.
Balalıqtan ösken yerler
Közüme tüşti.
Men bu yerde yaşalmadım,
Yaşlığıma toyalmadım,
Vatanıma asret oldım,
Ey, güzel Qırım.
Bağçalarnıñ meyvaları,
Bal ile şerbet.
Suvlarıñnı içe-içe,
Toyalmadım men.
Bala-çağa Vatanım dep,
Közyaşın töke,
Qartlarımız elin cayıp,
Dualar ete

Manbalar

tahrir