Fábio Leandro Freitas Guveia Carvalho (2002-yil 30-avgustda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpul“ klubida qanot himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Portugaliyani xalqaro miqyosda 21 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qiladi.

Fábio Leandro Freitas Guveia Carvalho

Yoshligi tahrir

Carvalho Portugaliyaning Lissabon okrugidagi Torres Vedras shahrida tugʻilgan[1]. U yoshligida Benfika futbol akademiyasida oʻynagan, 2013-yilda oilasi bilan Angliyaga London shahriga koʻchib oʻtgan[1][2].

Klub faoliyati tahrir

Fulxem tahrir

2020-yilning may oyida Carvalho oʻzining „Fulxem“ jamoasi bilan ikki yillik professional shartnomasini imzoladi[3]. 23-sentyabr kuni u asosiy jamoadagi debyutini EFL kubogi doirasidagi „Sheffild Uensdey“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va jamoa bilan oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[4][5].

U 2021-22-yilgi mavsumni ajoyib boshladi va oʻzining dastlabki beshta oʻyinida uchta gol urdi. Natijada, 2021-yil avgust oyining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi[6].

Liverpul tahrir

U 2022-yilning may oyida 5 funt sterling evaziga Premer-liganing „Liverpul“ klubi bilan shartnoma imzolashga rozi boʻldi, shartnoma boʻyicha potentsial ravishda 7,7 funt sterlingga koʻtariladi qoʻshimchalar bilan 1-iyul kuni transfer rasmiylashtirildi va ikki kundan keyin uni rasman klub tarkibida ekani eʼlon qilindi[7][8].

Xalqaro faoliyati tahrir

U Angliya terma jamoasini 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan[3].

U keyinchlik 2022-yil 17-mart kuni Islandiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari oldidan Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fulxem U23 2018-19 1 0 1 0
2019-20 3 0 3 0
2020-21 2 0 2 0
Jami 6 0 6 0
Fulxem 2020-21 Premer-liga 4 1 1 0 1 0 6 1
2021-22 Chempionat 36 10 2 1 0 0 38 11
Jami 40 11 3 1 1 0 44 12
Liverpul 2022-23 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Karyera jami 40 11 3 1 1 0 0 0 7 0 51 12

Mukofatlar tahrir

Fulxem

  • EFL chempionati: 2021-22-yillar[10].

Liverpul

  • FA hamjamiyat qalqoni: 2022-yil.

Individual

  • EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2021-yil avgust.
  • Yilning PFA jamoasi: 2021-22-yilgi chempionati[11].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Fernandes, Mariana. „Fábio Carvalho, o miúdo português capitão de Inglaterra que está a dar nas vistas no Fulham“ (pt). Observador (11-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 17-mart 2022-yil.
  2. Wright, Nick. „Fabio Carvalho to Liverpool: Fulham's rising star long destined for the top“. Sky Sports (3-fevral 2022-yil). Qaraldi: 17-mart 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „Fabio Carvalho goes pro“. Fulham F.C. (22-may 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  4. „Fulham 2–0 Sheffield Wednesday“. BBC Sport (23-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  5. Beardmore, Michael. „Southampton 3–1 Fulham: Che Adams, Nathan Tella & Theo Walcott earn Saints back-to-back wins“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 15-may 2021-yil.
  6. „Fabio Carvalho named EFL's Young Player of the Month for August“. English Football League (14-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  7. Magowan, Alistair. „Fabio Carvalho: Liverpool sign Fulham forward and deal set for 1 July“. BBC Sport (23-may 2022-yil). Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  8. „Fabio Carvalho unveiled after completing Liverpool move“ (en). Liverpool FC (3-iyul 2022-yil). Qaraldi: 3-iyul 2022-yil.
  9. „Sub-21: Fábio Carvalho (Fulham) é a grande novidade na lista“.
  10. „Championship: 2021/22: Current table“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-may 2022-yil.
  11. „Football Manager EFL Team of the Season line-ups announced“. www.efl.com (24-aprel 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.

Havolalar tahrir

  • Liverpul FC veb-saytidagi profil
  • Portugaliya futbol federatsiyasi veb-saytidagi profil