Fábio Virjinio de Lima (arabcha: فابيو دي ليما)(1993-yil 30-iyun Araçagida tugʻilgan) – professional futbolchi, BAA Pro-ligasining „ Al Vasl“ klubida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan, Birlashgan Arab Amirliklari futbol terma jamoasi tarkibida oʻynaydi.

Fábio Lima
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fábio Virginio de Lima
Tavallud sanasi 30-iyun 1993-yil (1993-06-30) (31 yosh)
Tavallud joyi Araçagi, Braziliya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)[1]
Ampluasi Yarim himoyachi, Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Wasl
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012–2013 Atlético Goianiense
2012–2013São Paulo (ijara)
2013Vasco da Gama (ijara)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Icasa 11 (0)
2012—2014 Atlético Goianiense 18 (7)
2013Vasco da Gama (ijara) 1 (0)
2014— Al Wasl 221 (167)
Milliy terma jamoa
2020— Birlashgan Arab Amirliklari 30 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 28-mart uchun)

Klub karerasi

tahrir

Lima Brazilyaning 2-darajali ligasi ishtirokchisi „Atletiko Goianiense“ klubi bilan 2012-yilda shartnoma imzolagan. 2013-yilgi mavsumda Brazilya A Seriyasining „Vasko da Gama“ klubiga ijaraga berilgan va 1 ta oʻyinda ishtirok etgan[2].

2014-yilning 21-iyulida Lima bosh murabbiy Jorginyo tavsiyasiga koʻra BAA ligasi ishtirokchisi „Al Vasl“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3][4].

Bu jamoada Fábio dastlabki mavsumidayoq asosiy oʻyinchilardan biriga boʻlgan va ketma-ket uch mavsum mavsum yakunida chempionat toʻpurarlari uchligidan joy olgan.

2018-yilning may oyida u klub bilan toʻrt yillik muddatga yangi shartnoma imzolagan[5].

Xalqaro martaba

tahrir

De Lima Braziliya terma jamoasida oʻynamagan va BAA terma jamoasida oʻynashi mumkin edi, chunki u 2020 yilning fevralida BAA fuqaroligini olgan[6]. 2020-yil 12-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi safida[7] Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[8][9]. Fábioning debyut oʻyinida BAA terma jamoasi 1-2 hisobida Oʻzbekistonga magʻlub boʻlgan. De Lima futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati saralash oʻyinlarida qatnashib, Malayziya (4:0)[10] va Indoneziya (5:0)[11] terma jamoalari bilan oʻyinlarda dubl qayd etgan.

2024-yil yanvar oyida Fabio BAA terma jamoasiga 2023-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun qoʻshilgan[12][13]. Turnirda BAA terma jamoasi 1/8 finalga chiqdi va Tojikiston terma jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir
Statistika 2024-yil 27-sentyabr xolatiga toʻgʻri
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Liga kubogi[lower-alpha 2] Xalqaro Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Icasa 2011 Série B 11 0 0 0 8[lower-alpha 3] 0 19 0
Atlético Goianiense 2012 Série B 0 0 2 2 3 0 5 2
2013 10 5 0 0 10 5
2014 8 2 4 0 15[lower-alpha 4] 3 27 5
Jami 18 7 6 2 0 0 0 0 18 3 42 12
Vasco da Gama 2013 Série A 1 0 1 0 0 0 2 0
Al Wasl 2014–15 UPL 24 16 1 1 6 1 31 18
2015–16 26 20 2 1 7 7 35 28
2016–17 26 25 2 2 7 4 35 31
2017–18 21 19 4 2 8 4 4[lower-alpha 5] 2 37 27
2018–19 19 13 3 2 6 1 3[lower-alpha 5] 1 4[lower-alpha 6] 0 35 17
2019–20 19 12 2 3 7 7 3[lower-alpha 6] 2 31 24
2020–21 23 22 2 0 1 1 26 23
2021–22 10 2 2 2 4 1 17 5
2022–23 25 19 4 1 2 1 30 21
2023–24 25 17 5 3 6 5 36 25
2024–25 4 2 0 0 0 0 4 2
Jami 221 167 27 17 54 32 7 3 7 2 316 221
Umumiy faoliyat 251 174 34 19 54 32 7 3 33 5 379 233

Terma jamoa

tahrir
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 2021-yil 29-mart Zabeel Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Hindiston 5–0 6–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2021-yil 3-iyun   Malayziya 2–0 4–0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3 4–0
4 2021-yil 7-iyun   Tailand 2–0 3–1
5 2021-yil 11-iyun   Indoneziya 2–0 5–0
6 4–0
7 2022-yil 19-noyabr Al Nahyan stadioni, Abu Dhabi, Birlashgan Arab Amirliklari   Qozogʻiston 1–0 2–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
8 2–1
9 2023-yil 13-yanvar Al-Minaa olimpiya stadioni, Basra, Iroq   Qatar 1–0 1–1 25-Arab koʻrfazi kubogi
10 2023-yil 16-noyabr Al Maktoum stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari     Nepal 4–0 4–0 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
11 2024-yil 26-mart Shahzoda Saud bin Jalaviy sport stadioni, Xubar, Saudiya Arabistoni   Yaman 1–0 3–0
12 2–0

Yutuqlar

tahrir

Al Vasl

  • BAA Prezidenti kubogi sohibi: 2023-24

Bahsli holatlar

tahrir

2015-yilgi mavsumning 7-aprel kuni BAAning OAVlari Fábioni BAA oliy dvizionida Oʻzbekiston fuqarosi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi haqida maʼlumot berishgan[14][15][16]. Maʼlumotga koʻra, Fábio de Lima nomiga berilgan berilgan Oʻzbekiston fuqarolik pasporti Toshkent shahar, Hamza tumani IIB tomonidan 2013-yilda berilgan koʻrsatilgan. Bu xolat Oʻzbekiston OAVlarida ham keng yoritilgan. Taniqli futbol mutahasislaridan biri, 2012—2017-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol tizimida faoliyat olib borgan Alisher Nikimbayevni takidlashicha pasport soxta boʻlgan:

Fabio avvaliga bir pasport raqami bilan zayavka qilingan. Soliq qoʻmitasi sayti tekshirilganida, bunday raqamli pasport egasi ayol kishi boʻlib chiqgan. Keyinchalik Amirliklar Pro-Ligasi tizimida Limaning yangi pasporti nusxasi paydo boʻlgan. Navbatdagi pasport raqami tekshirilganida ham slavyancha ism-familiyali boshqa odam chiqib kelgan. Norasmiy tekshiruv davomida bu odam topilgan va u pasportini goʻyoki Moskvada yoʻqotgani, shu tufayli Toshkentga borishga ruxsat olgunicha koʻchada yashashga majbur boʻlganini aytib berdgan. Oʻzbekiston fuqarosining Moskvada oʻgʻirlangan pasporti nusxasi qanday qilib Amirliklarga borib qolgani - umuman futbolga oid boʻlmagan boshqa masala aslida. Ammo, bilishimcha, Oʻzbekistonda [bu borada] rasmiy tekshiruv boʻlmagan, shuning uchun bu savolga javobnining yakunini hech kim bilmaydi

Alisher Nikimbayev

2020-yil fevral oyida Lima Amirlik fuqaroligini olgan[17]. BAA terma jamoasida 4-yildan beri oʻynab kelayotgan futbolchi 2024-yil 15-oktyabrda 20206-yilgi jahon chempionati sarlash bosqichi doirasida Oʻzbekistonga qarshi uchrashuvga BAA terma jamoasi tarkibida kelmagan. Uning bu oʻyinga tashrif buyurmasligi soxta paspor ishi bilan bogʻliqligi tahmin qilinadi[18][19][20].

Manbalar

tahrir
  1. „Fábio Lima“. BAA Pro League. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
  2. „Fluminense vs. Vasco da Gama 1 — 3“. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  3. „Fabio Virginio de Lima Al Wasl's second foreign signing“. The National (2014-yil 21-iyul). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
  4. „Fabio Virginio de Lima Al Wasl's second foreign signing“. The National (2014-yil 21-iyul). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
  5. „Al Wasl insist Brazilian playmaker Fabio De Lima is not for sale“. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  6. „ليما يحصل على الجنسية الإماراتية“ (ar). kooora.com (2020-yil 2-fevral). 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  7. „Argentinalik hujumchi, O'zbekiston pasportini olgan brazil, Kuperga yordam bergan murabbiy. BAA terma jamoasida kimlar bor?“ (2020-yil 11-oktyabr).
  8. „الإمارات تخسر ودياً من أوزبكستان“ (ar). kooora.com (2020-yil 12-oktyabr). 2020-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  9. „الإمارات تخسر ودياً من أوزبكستان“ (ar). kooora.com (2020-yil 12-oktyabr). 2020-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  10. „UAE vs. Malaysia 4 — 0“. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  11. ( at int.soccerway.com Error: unknown archive URL 20240403112338 sanasida [https://int.soccerway.com/matches/2021/06/11/asia/wc-qualifying-asia/indonesia/united-arab-emirates/3079409/ arxivlangan) Indonesia vs. UAE 0 – 5
  12. „AFC Asian Cup 2023™ Qatar squad lists“. AFC. 2024-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
  13. „AFC Asian Cup 2023™ Qatar squad lists“. AFC.
  14. „Fabio Lima yavlyaetsya grazhdaninom Uzbekistana?!“ (2014-yil 23-oktyabr).
  15. „“Al Vasl”ning braziliyalik legioneri O‘zbekiston fuqarosimi? (foto)“ (2015-yil 8-aprel).
  16. „Fabio de Lima degan o‘zbekistonlik futbolchini taniysizmi?“ (2014-yil 24-oktyabr).
  17. „ليما يحصل على الجنسية الإماراتية“ (ar). kooora.com (2020-yil 2-fevral). 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  18. „BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin“ (14-oktyabr 2024-yil).
  19. „BAA tarkibidagi “O‘zbekiston fuqarosi” doimgidek Toshkentga kelmaydigan bo‘ldi“ (14 октябр, 2024).
  20. „BAA to‘purari Toshkentga kelmadi. Bu u o‘tmishda O‘zbekistonning soxta pasportini olgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin“ (2024-yil 14-oktyabr).

Havolalar

tahrir