FIFA Marta mukofoti
FIFA Marta mukofoti — 2024-yilda FIFA tomonidan tashkil etilgan mukofot bo‘lib, yil davomida eng estetik va chiroyli deb topilgan golni urgan ayol futbolchilarga topshiriladi. Marta mukofoti har yili e’lon qilinadi va ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Mukofot Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2002-yildan 2024-yilgacha hujumchisi va sardori bo‘lgan Marta sharafiga nomlangan. Marta mukofotning ilk sovrindorligiga ham nomzod bo‘lgan.
Ilk mukofot uchun vaqt oralig‘i 2023-yilning avgustidan 2024-yilning avgustigacha belgilangan. Ushbu mukofot har yili taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi marta 2024-yil dekabr oyida The Best FIFA Football Awards marosimida topshirilgan.
2024-yilning 17-dekabr sanasida Marta ushbu mukofotning birinchi g‘olibiga aylangan.
G'oliblar va nomzodlar
tahrir2024
tahrirFIFA 2024-yil 28-noyabrda 11 nafar nomzodlar ro'yxatini e'lon qilgan[1].
Reyting | Futbolchi | Jamoa | Raqib | Hisob | Musobaqa | Ovoz berish natijalari |
---|---|---|---|---|---|---|
Delphine Cascarino | Lyon | Benfica | 2–1 | UEFA Ayollar Chempionlar ligasi | ||
Marina Hegering | VfL Wolfsburg | SGS Essen | 2–1 | Frauen-Bundesliga | ||
Sakina Karchaoui | Fransiya | Shvetsiya | 1–0 | UEFA Yevro-2025 saralash bosqichi | ||
Paulina Krumbiegel | TSG Hoffenheim | MSV Duisburg | 2–0 | Frauen-Bundesliga | ||
Marta | Braziliya | Yamayka | 4–0 | Oʼrtoqlik uchrashuvi | ||
Nina Matejić | Serbiya | Angliya | 1–0 | |||
Beth Mead | Arsenal | West Ham United | 2–0 | FIFA U-17 Jahon chempionati | ||
Giuseppina Moraca | Lazio | Bologna | 2–0 | Serie B | ||
Asisat Oshoala | Barcelona | Benfica | 5–0 | UEFA Ayollar Chempionlar ligasi | ||
Mayra Pelayo-Bernal | Meksika | AQSh | 2–0 | 2024 CONCACAF W Gold Cup | ||
Trinity Rodman | AQSh | Yaponiya | 1–0 | 2024-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlari |
FIFA Puskás mukofoti nomzodlari (2009-2024)
tahrir2024-yilgacha yilning eng yaxshi goli uchun mukofot erkaklar futboli bilan birlashtirilgan holda FIFA Puskás mukofoti orqali topshirilgan. 2011-yilda Heather O'Reilly ushbu mukofot uchun nomzod bo‘lgan birinchi ayol futbolchiga aylangan. Ammo hech bir ayol futbolchi mukofotni qo‘lga kirita olmagan. 2014-yilda Stephanie Zambra mukofot g'olibi James Rodríguezdan so'ng ikkinchi o‘rinni egallagan va ayol futbolchilar orasida eng yuqori natijaga erishgan[2]. Daniuska Rodríguez va Deyna Castellanos mos ravishda 2016 va 2017-yillarda uchinchi o‘rinni egallashgan[3][4].
Caroline Weir Puskás mukofoti uchun bir necha bor nomzod bo‘lgan yagona ayol futbolchi hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Voting open for 2024 FIFA Marta Award“. FIFA.com (2024-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 29-noyabr.
- ↑ „James Rodríguez wins beauty stakes but Stephanie Roche runs him close“. Guardian (2015-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 13-yanvar.
- ↑ „The FIFA Puskás Award 2016 results“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2017-yil 9-yanvar). 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
- ↑ „Castellanos, Giroud and Masuluke are 2017 Puskás finalists“. FIFA.com (2017-yil 9-oktyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.