FTV
FTV — „UzReport“ axborot agentligiga qarashli O‘zbekiston hududida efirga uzatiluvchi xususiy nodavlat telekanal. Dastavval 2017-yil 23-fevral kuni FUTBOL TV nomi bilan ish boshlagan[1]. 2022-yil 1-dekabrda FUTBOL TV efirga uzatilishi toʻxtatildi va uning oʻrnida yangi telekanal — FTV efirga chiqdi[2][3]. FTV kanali Uzdigital TV platformasi, Oʻzbekiston Kabel Televideniyasi va onlayn TV platformalarida kecha-yu kunduz, yaʼni 24 soat rejimida efirga uzatiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Full HD formatida, respublikaning boshqa hududlarida SD formatida efirga uzatilmoqda[4]. Telekanal konsepsiyasiga koʻra turli mavzudagi qiziqarli va quvnoq mualliflik dasturlari, xit-paradlar, mahalliy va xorijiy ijrochilarning musiqiy kliplari, kinofilmlar va boshqa ko‘plab ko‘rsatuvlarni namoyish etish koʻzda tutilgan[5]
FTV | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | 24 soat |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Boshqaruv markazi | Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 26-uy |
Tasvir formati | Full HD, SD |
Mazmuni | Musiqiy telekanal |
Efirga chiqqan | 2022-yil 1-dekabr |
Asoschisi | Uzreport Axborot Agentligi |
Rahbarlari |
Ravshanxon Djurayev (bosh direktor) Ibrohim Ahmedov (bosh prodyuser |
Avvalgi nomlari | FUTBOL TV |
Aloqador telekanallar |
Futbol TV Uzreport TV |
Sayt | www.uzreport.news |
Loyihalari
tahrirTelekanal ishga tushirilishining ilk kunlaridanoq „UzNonstop“ musiqiy blogida oʻzbek estradasi yulduzlarining kliplarini hamda xorij estradasining mashhur ijodkorlari tomonidan yaratilgan qoʻshiqlarni „F-kokteyl“ musiqiy blogida namoyish etishni boshladi. Shu bilan birga retro qoʻshiqlarni sevuvchilar uchun „F-kolleksiya“ musiqiy blogi telekanal efiridan joy oldi. 12-dekabrdan boshlab FTV telekanali oʻzining ilk koʻrsatuvlarini efirga uzata boshladi jumladan tomoshabinlar tomonidan ovoz berish yoʻli orqali aniqlanadigan kliplar ketma-ketligini „Uz Top Chart“, „Turk Top Chart“, „Top Chart Plyus“ dasturlarlarida berishni boshladi. Keyinchalik dunyoga mashhur platformalarning oʻzbek segmentida eng koʻp qidirilayotgan qoʻshiqlarni eʼlon qilib boruvchi „Shazam Chart“, YouTube platformasida eng koʻp koʻrilayotgan kliplarni eʼlon qilib boruvchi „YouTube Chart“ loyihalari hamda tomoshabinlarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda koreys pop yuduzlarining qoʻshiqlaridan iborat „Top K-pop Chart“ xit-paradlari efirga uzatila boshlandi[6].
Telekanal nomi va logotipi
tahrirFTV telekanali logotipi va brandbook muallifi Sherzod Tadjibayev [7] boʻlib unga koʻra logotip hamda telekanalda namoyish etiladigan barcha koʻrsatuvlar, animatsion roliklar uchun asosan pushti va siyoh rang palitrasi tanlab olingan. Mavsumiy oʻzgarishlarini animatsion tarzda koʻrsatib berishda qoʻllaniladigan maxsus yarim aylana universal shakl oʻylab topilgan boʻlib „tv“ soʻzi bilan birga yaxlit „F“ harfini anglatadi[8].
Kanal nomidagi „F“ harfini turlicha talqin qilsa bo‘ladi — bu ham Fun, ham Family, Fashion, Fire, Fast, Friendly, Future, Favorite, shuningdek qiziqarli, yorqin, ko‘ngilochar, urfbop kontent bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tushunchalardir[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „FUTBOL TV telekanali ish boshladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 5-fevral 2023-yil.
- ↑ „Futbol TV telekanali tugatilib, o‘rniga ko‘ngilochar kanal ochilmoqda“. kun.uz. Qaraldi: 5-fevral 2023-yil.
- ↑ „“Futbol TV” o‘z faoliyatini yakunladi. Uning o‘rnida 1-dekabrdan musiqiy-ko‘ngilochar telekanal ish boshlaydi“. daryo.uz. Qaraldi: 5-fevral 2023-yil.
- ↑ „Bugundan O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshladi“. xabardor.uz. Qaraldi: 5-fevral 2023-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „‘zbekistonda 1-dekabrdan yangi telekanal - FTV efirga chiqadi“. uzreport.news. Qaraldi: 5-fevral 2023-yil.
- ↑ „FTV muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda efirga uzatilayotgan ko'rsatuv“ (2023-yil 16-yanvar).
- ↑ FTV telekanali logotipi va brandbook muallifi
- ↑ Telekanal logotipi haqida / Telekanalning rasmiy Instagram sahifasi