Fahd ibn Abdulaziz as-Saud
Fahd bin Abdulaziz Ol Saud (1923, Ar-Riyod) — Saudiya Arabistoni davlat arbobi. Abdulaziz universiteti (1975), Imom Muhammad bin Saud Islom universiteti (1982)ni tugatgan. 1953-yildan Saudiya Arabistoni maorif, ichki ishlar vaziri, bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari, 1975-yildan valiahd va bosh vazir oʻrinbosari. 1982-yil 13-iyundan 2005-yilgacha Saudiya Arabistoni Podshohligi podshohi, bosh vazir, qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni. 1986-yil 27-oktabrdan ikki muqaddas masjid xodimi unvoni sohibi. Vafotidan keyin Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud taxtga chiqdi[1].
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Kingdom Kings“. Saudi Arabia: Ministry of Commerce and Industry – Kingdom of Saudi Arabia. 22-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-10-22).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |