Falastin Markaziy Statistika Byurosi

Falastin Markaziy Statistika Byurosi (PCBS ; arabcha: الجهاز المركزي للإحصاء الفلسطيني) Falastin Davlatining rasmiy statistika markazi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi milliy va xalqaro miqyosda ishonchli statistik maʼlumotlarni taqdim etishdan iborat. Ilmiy muassasalar va universitetlardan tashqari davlat, nodavlat va xususiy sektorlariga xizmat koʻrsatadigan davlat muassasalaridan biri. U mustaqil statistika byurosi sifatida tashkil etilgan[1]. PCBS har yili Falastinning Statistik yilnomasini va Quddus Statistik Yilnomasini nashr etadi[2].

Falastin markaziy statistika byurosi (PCBS)
الجهاز المركزي للإحصاء الفلسطيني
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Shtab kvartira(lar) Falastin bayrogʻi Falastin Ramallah
Tashkilot rahbarlari
Website pcbs.gov.ps

Agentlikning bosh ofisi Ramallah shahridagi Eyn Munjed kvartalida joylashgan[3].

Faoliyati

tahrir

Chakana narxlar indeksi kabi umumiy statistikadan tashqari, PCBS maxsus loyihalarni ham amalga oshiradi. U 1997-yilda Falastin aholisini ilk marotaba roʻyxatga olishni amalga oshiradi, garchi Isroil hukumati milliy roʻyxatga olish guruhiga Sharqiy Quddusdagi aholini oʻrganishga toʻsqinlik qilgan boʻlsa ham. 2007-yilda ikkinchi aholini roʻyxatga olish oʻtkaziladi. 2007-yilgi aholini roʻyxatga olish jarayonida Sharqiy Quddusdagi aholinining bir qisminigina roʻyxatga olish oʻtkaziladi. Sababi jarayonga Isroil hukumati jiddiy toʻsqinlik qiladi[4].


Ofislari

tahrir

PCBSning asosiy ofisi Ramallahning Balu’a hududida joylashgan. 2001-yil oktyabr oyida binoga Isroil mudofaa kuchlari tomonidan reyd uyushtiriladi. Askarlar qattiq disklarni musodara qilishadi va bir qancha ofislarni vayronaga aylantiradi. 2002-yil mart va aprel oylarida uning Ramallah shahar markazidagi Dala ishlari boʻlimiga toʻrt marta reyd oʻtkaziladi va harbiylar kvartiralarda tintuv oʻtkazadi[5].

Prezidentlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Legal Basis (Wayback Machine saytida 2018-10-10 sanasida arxivlangan). Palestinian Central Bureau of Statistics. Accessed February 2014
  2. Mission Statement (Wayback Machine saytida 2018-10-10 sanasida arxivlangan). Palestinian Central Bureau of Statistics. Accessed February 2014
  3. "Contact Us (Wayback Machine saytida 2024-01-02 sanasida arxivlangan)." Palestinian Central Bureau of Statistics. Retrieved on 8 December 2018. „Palestinian Central Bureau of Statistics P. O. Box 1647, Ramallah – Palestine Ramallah City, Ein Munjed Quarter, Tokyo St. opposite to UN premises and Ramallah Cultural Palace“ – Arabic address (Wayback Machine saytida 2023-10-10 sanasida arxivlangan): „المقر الرئيسيالجهاز المركزي للإحصاء الفلسطينيص.ب. 1647،رام الله، فلسطينرام الله – شارع طوكيو، مقابل قصر رام الله الثقافيالرقم المجاني: 1800300300“
  4. Population, Housing and Establishment Census 2007—Census Final Results Population Report Palestinian Territory (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), pp. [18], [31] (English section). PCBS, March 2012
  5. Report on the Destruction to Palestinian Governmental Institutions in Ramallah (Wayback Machine saytida 2013-09-30 sanasida arxivlangan) see the section II. PNA Non-Ministerial Institutions: (Ramallah). Palestinian NGO Emergency Initiative in Jerusalem (PNEIJ), 22 April 2002.pdf:

Havolalar

tahrir